Smartfon portlashidan qo‘li va yuzi mayib bo‘lgan qizchaning oilasi Samsung’dan 250 000 dollar talab qilmoqda

  •   DiMaX
  •  1627
  •  28.07.2018 10:30

Smartfon portlashidan qo‘li va yuzi mayib bo‘lgan qizchaning oilasi Samsung’dan 250 000 dollar talab qilmoqda

Smartfonsozlik sanoatidagi eng yirik mojaro – janubiy koreyalik kompaniyaning Galaxy Note 7 fabletlaridagi portlash bo‘lsa kerak. Bu mashmasha ortidan Samsung katta ziyon ko‘rgan va nufuzini ancha yo‘qotgan edi.

O‘QING: Portlab ketuvchi Galaxy Note 7 smartfonlarining 96 foizi qaytarib olindi

Ammo ushbu korporatsiyaning boshqa rusumdagi smartfonlarida ham shunday holatlar kuzatilmoqda. Jumladan, jahon jamoatchiligiga kuni kecha ma’lum bo‘lgan – Xitoyda yuz bergan noxush voqeani olaylik. Xabarlarga ko‘ra, besh yashar qizchaning qo‘lidagi Galaxy Note 4 fableti portlab, uning kafti va yuziga shikast yetkazgan. Shifoxonada ma’lum bo‘lishicha, unda ikkinchi darajali kuyish jarohati qayd etilgan.

Qizchaning oilasi buning uchun kompensatsiya tarzida Samsung’dan naq 250 ming AQSh dollari miqdorida to‘lov talab qilmoqda. Kompaniyaning Xitoydagi ofisi esa bu xonadonga qizchaning muolajalari uchun atigi bir yarim ming dollar taklif etayotir.

Qizchaning otasi ushbu smartfonni 2016 yilning avgust oyida xarid qilgan, portlash voqeasi esa o‘tgan yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan ekan. Ammo u keng jamoatchilikka endigina ma’lum bo‘ldi. Mazkur masala bo‘yicha ish sudga oshirilgan, ammo u haliyam nihoyasiga yetmagan. Sudning navbatdagi eshituvi 21 avgustda bo‘lishini aytishmoqda.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.