Smartfon uchun ajabtovur aksessuar: ixtirochi robotlashtirilgan MobiLimb barmog‘ini ko‘rsatdi

  •   Saroy
  •  393
  •  04.10.2018 13:41

Smartfon uchun ajabtovur aksessuar: ixtirochi robotlashtirilgan MobiLimb barmog‘ini ko‘rsatdi

Ixtirochi  Mark Teysser smartfon uchun eng ajabtovur aksessuar ishlab chiqdi. U robotlashtirilgan barmoq. Gadjet smartfonning zaryad oladigan tirqishiga qo‘shiladi va beshta mustaqil ishlaydigan jajji dvigatellari tufayli turli yo‘nalish bo‘ylab harakat qila oladi.

Mexanik barmoqda faqat bitta foydali funksiya bor, u ham bo‘lsa, telefon uchun tokcha vazifasini o‘taydi. Boshqa holatlarda qurilma  faqat ermakka yaraydi. Masalan, barmoq stol ustida sudralishi yoki mushuk dumining harakatini takrorlab berishi mumkin. Yana u egasining qo‘lini silashi va hatto qandaydir figuralarni ham chiza oladi.

Robotlashtirilgan MobiLimb barmog‘i tajriba tariqasida yaratildi, shu bois u ochiq savdoga chiqmasa kerak.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!