«Smartfon zombilari» uchun maxsus yo‘lak barpo etildi

  •   DiMaX
  •  1117
  •  18.06.2018 15:42

«Smartfon zombilari» uchun maxsus yo‘lak barpo etildi

Bugungi kunda kishilar tobora smartfonlarga o‘rganib, shu gadjetsiz tura olmaydigan bo‘lib qolishgan. Buning salbiy jihatlari ko‘p, ammo yo‘lda smartfondan foydalanish eng xavflisi bo‘lsa kerak.

O‘QING: Smartfonlar bizni qanchalik o‘zgartirdi?

Xitoyning Sian shahrida o‘z smartfonidan ko‘z uzolmaydiganlar uchun yo‘l chetida maxsus yo‘lakcha barpo etildi. Bu loyihaga qo‘l urilishining sababi – keyingi paytlarda «smartfon zombilari» bo‘lgan piyodalarning ko‘p jarohat olayotganligidir.

Ushbu maxsus yo‘lakcha boshqa rang bilan ajratilgan, asfaltda esa telefon rasmi tushirilgan. To‘g‘ri, u hozircha kichkina – eni 80 santimetr, uzunligi atigi 100 metrga teng. Kelajakda bu loyihani kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Uning yonida – yo‘lning «oddiy» piyodalar yuradigan qismida esa, ustiga chiziq tortilgan telefon surati chizilgan. Bu – mazkur yo‘lak displeyga emas, balki oyog‘ining ostiga qaraydiganlar uchun, deganidir.

Aytish kerakki, dunyoning boshqa shaharlarida ham shunga o‘xshash yo‘laklar qilingan. Masalan, Vashingtonda ham tajriba doirasida maxsus yo‘laklar barpo etilgan, Janubiy Koreya esa undan ham jiddiy ishlar boshlagan.

O‘QING: Seul «smartfon zombilari»ga qarshi kurash boshladi