Smartfondagi ma’lumotlar maxfiyligini saqlash uchun Samsung’dan ajoyib ilova!

  •   DiMaX
  •  1570
  •  24.02.2018 10:20

Smartfondagi ma’lumotlar maxfiyligini saqlash uchun Samsung’dan ajoyib ilova!

Samsung kompaniyasi foydalanuvchilarning Android-smartfonlardagi  ma’lumotlari maxfiyligini saqlovchi ilova ishlab chiqdi. Bu haqda janubiy koreyalik kompaniyaning rasmiy saytida xabar berilgan.

O‘QING: Smartfon egalarini ta’qib etishning eng ayyorona yo‘li aniqlandi (+video)

Yangi ilova Samsung Max deb nomlangan bo‘lib, u smartfondagi fayllar monitoringini yurgizadi. Shuningdek, bu dastur Wi-Fi himoyasini ham yaxshilaydi. Samsung smartfonlariga bu ilovani hozirdanoq Google Play’dan mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning mobil qurilmalariga uning mos kelishi esa muayyan modelga va boshqa omillarga bog‘liq.

«Samsung Max yordamida dunyoning turli burchaklaridagi bizning foydalanuvchilarimiz o‘z qurilmalarining avtonomligini yaxshilashlari hamda ma’lumotlarining maxfiyligini saqlashlari mumkin», – deydi Hindistondagi Samsung R&D Institute vitse-prezidenti.

Yana bir qulaylik – endi Hindiston, Argentina, Braziliya, Indoneziya, Meksika, Nigeriya, Janubiy Afrika Respublikasi, Tailand va Vetnam bozorlariga chiqariladigan Galaxy A hamda Galaxy J turkumidagi qurilmalarga Samsung Max boshidanoq o‘rnatilgan bo‘ladi.

O‘QING: Hamyonbop Samsung Galaxy J4 (2018) tayyor: xususiyatlari, surati va videosi!