Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?

Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?

Akkumulyator hajmi kattalashgan sababli, smartfonlar energiya samaradorligi yaxshilanmoqda. Ammo haligacha akkumulyator avtonomlik vaqti ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun muammoli vaziyat bo‘lib qolmoqda.

Zamonaviy tenologiyalarning tabiati o‘zi shunday, ammo bu gadjetni bir kunda bir necha marotaba quvvatlash kerak, degani emas. Agar smartfoningiz akkumulyator quvvati odatdagidan tez tugab qolayotgan bo‘lsa, bunga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlashga va yechim topishga harakat qiling.

Quyida akkumulyator quvvatini eng ko‘p sarflaydigan omillar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Shuningdek, odatiy muammlarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berib o‘tamiz. Qani, ekran o‘chib qolmasdan oldin bu tavsiyalar bilan tanishib chiqamiz!

Telefon quvvatining tez tugab qolishi sababchilari:
1. Ekran
2. Tarmoqning sifatsizligi
3. Ilovalar
4. Akkumulyator quvvatini ketkazuvchi boshqa funksiyalar

Ekran

Zamonaviy smartfonlarda ekran eng ko‘p quvvatni oluvchi omil hisoblanadi. Panellar yanada yorqinroq va rang-barang tusda bo‘lib bormoqda, shuningdek, ekran borgan sari tiniqlashmoqda. Bu omillar foydalauvchining umumiy amaliyotini yaxshilashiga qaramy, ko‘p quvvat sarflanishiga sabab bo‘lmoqda.

Qanday qilib batareya sarfini tekshirish mumkin?
Sozlanmalar ilovasini oching. «Batareya sozlamalari»ga o‘ting. Yuqoridagi o‘ng burchakdagi 3 nuqtali menyu tugmasini cherting. «Qurilmadan to‘liq foydalanishni ko‘rsatish» yozuviga bosing. Batareya sarfini tekshirib, ekran eng ko‘p akkumulyator quvvatini oluvchi omil ekanligini bilib olasiz.

Smartfon displeyi uning akkumulyatoriga qarganda tez suratlarda takomillshib bormoqda. Vaziyat yaxshilangungacha, energiyani tejashga to‘g‘ri keladi.

Buni qanday to‘g‘irlash mumkin?
Quvvat sarfini kamaytiruvchi bir necha usullar mavjud. Bular quyidagilar:

•Past ekran yorqinligi: ekran yorqinligini pasaytirish batareya quvvatini tejashga yordam beradi;•Moslashuvchan yorqinlikdan foydalaning: bu sizni kerakli bo‘lgan yorqinlik bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, yorqinlik zarur bo‘lmaganda siz telefon quvvatini tejashingiz mumkin;

•Ekran yangilanish chastotasi pasaytirish: ba’zi qurilmalar yuqori yangilanish chastotasiga ega va uni sozlanmalar menyusi orqali sozlashingiz mumkin;

•Ekran avto-bloklash vaqtini kamaytirish: bu usul orqali ekranni bekorga quvvat sarflashini oldini olasiz;

•Jonli fon rasmlardan voz kechish: bunday fonlar chiroyli ko‘rinishi mumkin, ammo bunday turdagi fon rasmlar doimiy ishlab turadi va akkumulyator quvvatini ko‘p sarflaydi. Agar smartfoningiz AMOLED displeyida ishlasa, qora fondan foydalanish juda samarali usuldir, chunki AMOLED displeyi bunday piksellarni aktivlashtirmaydi.

Tarmoqning sifatsizligi

Tarmoq sifati yaxshi bo‘lmagan joylarda smartfon akkumulyator quvvati tez sarflanadi. Tarmoqqa ulanishingiz uchun, smartfon doimiy ravishda yaqin atroftagi to‘lqin tarqatuvchi antenalar bilan bog‘lanib turadi.

Agar telefon tarmoq bilan bog‘lana olmasa, gadjet tarmoqqa ulanish va sizni tarmoqqa qaytarish uchun qo‘shimcha ravishda ishlashni boshlaydi. Agar shahar chekasida yashasangiz yoki tarmoq sifati yaxshi bo‘lmagan joyda bo‘lsangiz, telefoningiz quvvati odatdagidan nisbat tezroq sarf bo‘ladi.

Yechim bormi?
•Aloqa operatorlarini almashtirish: aloqa operatorlari barqarorligi hudud, shahar, mahallalarga qarab farq qiladi. O‘z hududingizda eng yaxshi ishlaydigan aloqa operatori (UzMobile, Beeline, Mobiuz, Ucell yoki Perfectum) ni aniqlang va ushbu aloqa operatoridan foydalaning.

•Parvoz rejimi: parvoz rejimi ishga tushganda telefon antenasi ishlashdan to‘xtaydi. Shunda telefoningiz tarmoqda qolish uchun ortiqcha urinmaydi. Agar aloqa sifati yomon bo‘lgan joyda bo‘lsangiz, ushbu usulni qo‘llash ancha samarali hisoblanadi.

Ilovalar va fon rejimi

Agar telefoningiz akkumulyator quvvati tez tugab qolayotgan bo‘lsa, qurilmadagi ilovalarni tekshiruvdan o‘tkazing. Ba’zi YouTube, Netflix kabi strim ilovalar qolganlardan ko‘ra smartfon quvvatni ko‘p sarflaydi. Agar telefon quvvatini tejamoqchi bo‘lsangiz o‘yinlar, ayniqsa, yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynashdan o‘zingizni tiyishingiz kerak.

Shuningdek, Facebook, Instagram, turli xil messenjerlar kabi ilovalar faol bo‘lmagan holatda ham telefon quvvatini sarflaydi.

Shu kabi kommunakativ servislar doimo aloqada bo‘lib turishga harakat qiladi. Ya’ni ushbu ilovalar doimiy ravishda fonda ishlaydi, ma’lumotlardan foydalanadi, joylashuvingizni aniqlaydi, sizga bildirishnomalar yuboradi.

Buni qanday to‘g‘irlash mumkin?
•Telefonga kamroq ilova o‘rnating: ko‘p ilovalar doimiy ravishda fonda ishlab turadi va quvvat sarflaydi. Buning oldini olish uchun, «Ilovalar boshqaruvi»ga o‘ting va o‘zingizga keraksiz bo‘lgan dasturlarni o‘chirib yuboring.

•Fondagi ilovalarni ishlashdan to‘xtating: agar biror ilova ko‘p telefon quvvatini sarflayotgan bo‘lsa, uning faolligini cheklab qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun Sozlanmalar menyusi> Ilova va bildirishnomalar > Ilovani tanlash> Batareya> Fonni cheklash> Cheklash amalini bajaring. Shunday qilib ilovadan foydalanilmayotganda, uning ba’zi xususiyat va funksiyalari ishlamaydi.

•Ilovalarni yopish: Android tizmida ishlovchi qurilmalar ko‘p vazifalarni bajarishga iqtisoslashgan. Shuning uchun ilovalarni yopish usuli foydadan ko‘ra zarar keltirishi mumkin. Ammo vaqti-vaqti bilan bu usulni qo‘llab turish foydadan holi emas.

•Shuningdek, ba’zan ilovalar tizmida muammolar yuzaga kelib turadi va keraksiz ravishda telefon quvvatini sarflab yuboradi. Agar shunday holat yuzaga kelsa ilovani yopish yoki uni qayta aktivlashtirish yaxshi usuldir. Buning uchun Sozlamalar menyusi> Ilova va bildirishnomalar> Ilovani tanlash> Majburan to‘xtatish amalini bajaring.

•Foydalanish vaqtiniga e’tiborli bo‘ling: ko‘pincha telefonda kuchliroq akkumulyator bo‘lishini xohlaymiz, ammo doimiy ravishda, o‘yinlar o‘ynash, videolar ko‘rish yoki ko‘p vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarda sarflab yuboramizki, hatto telefon quvvati tugab qolganini ham bilmay qolamiz. Shuning uchun, ilovalardan qancha vaqt mobaynida foydalanganingizga e’tiborli bo‘ling.

Boshqa muammolar

•GPS, Wi-Fi va Blietooth: bu simsiz aloqa vositalardan qanchalik ko‘p foydalanasiz? Kam bo‘lsa ham, yoniq qolgan vaqtda ular telefon quvvatini sarflaydi.

Agar ulardan foydalanmasangiz, o‘chirib qo‘ygan yaxshi. Shundan so‘ng akkumulyator avtonom vaqti uzayganini sezasiz.

•Kamera: video va rasmga olish ko‘p energiyani talab qiladi. Shuning uchun kameradan iloji boricha kamroq foydalaning, shunda telefon quvvati uzoq muddatga yetadi.

•Past harorat: past temperatura akkumulyator avtonom vaqtiga ta’sir qiladi. Arctic Tech Solutions kompaniyasi rahbari Rojer Gurnining USA Today'ga bergan intervyusida, litiy-ionli batareyalar haddan tashqari sovuqda akkumulyator quvvatlanishini to‘xtatib qo‘yishini aytgan.

•Shuningdek, u sovuq haroratning ta’siri akkumulyatorga doimiy ravishda zarar yetkazishi haqida eslatib o‘tgan. Yaxshi yechim — telefonni o‘zingizga yaqin joyda olib yurishdir, shunda tana harorati uni normal holatda ushlab turadi.

Qo‘shimcha tavsiyalar

•Dasturiy ta’minotni yangilash: dasturiy ta’minot yangilanishlari ko‘pincha batareya zaryadini uzoqroq vaqtga yetishiga xizmat qiladi, shuning uchun har doim telefoningizni dasturiy ta’minotning so‘nggi versiyasiga yangilash tavsiya etiladi.

•Yaxshi quvvatlagich sotib oling: Yaxshi quvvatlagich akkumulyatorning uzoqroq va samaraliroq ishlashiga imkon beradi.

O‘QING: AnTuTu rekordchisining nafaqat protsessori, balki akkumulyatori ham zo‘r ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!