Smartfoningiz uchun «himoya yostiqchasi»: bu g‘ilof bilan u yerga tushib ketmaydi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1926
  •  29.06.2018 15:29

Smartfoningiz uchun «himoya yostiqchasi»: bu g‘ilof bilan u yerga tushib ketmaydi! (+video)

Qo‘lingizdan tushib ketgan smartfon qattiq jismga urilsa, uni shikastlanishdan g‘ilofi ham saqlab qola olmagan holatlar bo‘lganmi? Yangicha g‘ilof esa bu sevimli «do‘st»ingizni yerga tushishdan saqlab qola oladi.

O‘QING: Drop-test: Ekspertlar ommabop 12 smartfon orasidan eng «o‘lmas»ini aniqlashdi (+video)

To‘rt yil avval Germaniyaning Alen shahridagi universitet talabasi Filip Frensel (Philip Frenzel) ham qo‘lidan smartfonini tushirib yuborgandi. U sinib, ishga umuman yaramay qolgan telefonga kuyunishdan tashqari, bunday holatga qayta duch kelmaslik yo‘llarini ham izlay boshladi. Natijada Filip smartfonlar uchun «himoya yostiqchasi» vazifasini bajara oluvchi g‘ilof yaratdi. Ixtirochi bu ishlanmasini «AD Case» deb nomlayapti.

Garchi tashqi ko‘rinishidan oddiy g‘ilofga o‘xshasa-da, nemis talabasining ixtirosi passiv emas, balki faol himoya vositasi hisoblanadi. AD Case’dagi maxsus datchiklar smartfonning yengil tushish holatiga o‘tganini tezda qayd etadi va shu ondayoq g‘ilofning burchaklaridan prujinasimon «oyoqcha»lar chiqadi. Ular zarb bilan tushish paytida yerga urilib, energiyani susaytiradi va shuning evaziga smartfonni qattiq tegishdan asraydi.

Ishlab ketganidan keyin faol g‘ilofning «oyoqcha»larini dastlabki holatiga qaytarib qo‘yish mumkin.

Mana, uning qanday ishlashini quyidagi videolavhada batafsil ko‘ramiz:

Hozirda Filip Frensel magistr diplomini olishga hozirlik ko‘rmoqda, shu bilan birga, AD Case’ning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun Kickstarter platformasida mablag‘ to‘plashga kirishmoqchi.

O‘QING: Suv va changdan qo‘rqmaydigan, ko‘p funksiyali Ulefone Armor X smartfonini 120 dollarga oling! (+video)