Smartfoningizni quvvatlashdagi bu odatlaringizni darhol to‘xtating

Smartfoningizni quvvatlashdagi bu odatlaringizni darhol to‘xtating

Smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Lekin ularning quvvati abadiy emas. Bugungi kunda telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlari batareya sig‘imini qancha ko‘paytirmasin, baribir, deyarli har kuni smartfonlarimizni hech bo‘lmaganda bir marta quvvatlaymiz. Biroq, qurilmalarimizni to‘g‘ri zaryadlayapmizmi? Quyida smartfonlarni quvvatlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan ikkita xatoliklar haqida gaplashamiz.

Noto‘g‘ri adapterdan foydalanish

Bugungi mobil telefon ishlab chiqaruvchilarining ko‘pchiligi zaryadlash tezligini yaxshilash uchun "tez zaryadlash" deb ataladigan usuldan foydalanadilar va hozirda flagman smartfonlarning zaryadlash tezligi 100 vattdan oshadi. Yuqori tezlikdagi quvvatlanish ostida kuchlanish nisbati tabiiy ravishda ortadi. Bu haroratning tez ko‘tarilishiga olib keladi va bu mobil telefonlarning yong‘inga moyil bo‘lishining sabablaridan biridir. Ko‘p ishlab chiqaruvchilar qurilma quvvatlangani sari uning zaryadlanishini asta-sekin kamaytirib boradigan himoya strategiyasini tanlagan bo‘lsa-da, zaryadlashning dastlabki bosqichida yuqori quvvatdagi tezlikdan qochib bo‘lmaydi va bunda qurilmaning harorati ko‘tarilishini cheklash juda qiyin.

Mumkin bo‘lgan yong‘in hodisalarining oldini olish uchun mobil telefonni zaryad qilishda faqat rasmiy zaryadlovchi adapterlardan foydalanish taklif qilinadi. Boshqa zaryadlovchilardan foydalanganda ham, zaryadlash protokoliga mos keladigan adapterni tanlash kerak. Turli markadagi mobil telefonlar va hatto bir xil brend ostidagi mobil telefonlarning turli seriyalari har xil zaryadlash protokollaridan foydalanishi mumkin. Noto‘g‘ri zaryadlovchi adapterdan foydalanish nafaqat batareyani zaryad qila olmasligi, balki telefon batareyasining yomonlashishiga olib keladi.

Hozirda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar quvvatlovchi adapterlar uchun mobil telefon to‘liq zaryadlangandan keyin quvvatni aqlli ravishda uzib qo‘yish xususiyatini joriy qilishgan. Shuning uchun ham to‘g‘ri zaryadlovchini tanlash juda muhimdir.

Telefon zaryad olayotganda foydalanish

Mobil telefonlarni zaryad olayotganda ishlatish, o‘ynash eng ko‘p tarqalgan yomon odatlardan biridir. Yuqorida smartfon quvvatlanishni boshlanganida u tez zaryadlanishi sabab qizishi haqida aytildi. Shuningdek, o‘yin o‘ynayotganda ham telefon yuqori darajada ishlaydi va bu uning haroratini tez oshishiga olib keladi. Shunday qilib, smartfonni quvvatlanayotgan vaqtda o‘ynash uning ikki karra qizishiga va garchi sodir bo‘lish ehtimoli juda kichik bo‘lsa-da, bu uning yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Darhaqiqat, ba’zilar telefon zaryad olayotgan paytda qo‘ng‘iroq qilish yoki qo‘ng‘iroqqa javob berishga ham odatlanishgan. Smartfon zaryad olayotganda telefonga javob berish ham qurilma haroratini oshiradi va shuning uchun mobil qurilmani quvvatlashga qo‘yishdan oldin uning samolyot rejimini yoqib qo‘ygan yaxshi.

Bundan tashqari, mobil qurilmalar zaryad olayotganda ularning nurlanishi bir necha barobarga kuchayadi. Albatta, radiatsiya to‘lqinlari inson sog‘ligi uchun zararli va bu zaryad olayotganda telefonlarimizni yolg‘iz qoldirishimiz kerakligi uchun yana sababidir.

Xulosa shuki, biz o‘zimizga qulay joyda uyqu orqali quvvat olayotganimizda boshqalar bizni bezovta qilishini xohlamaganimizdek, smartfonlar ham zaryad olayotgan vaqtda holi qoldirilishi kerak.

O‘QING: LED chirog‘i ilovalaridan foydalanasizmi? Unda ushbu maqolani albatta o‘qing

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.