Smartfonlar uchun ilk marta Tor rasmiy brauzeri paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1278
  •  08.09.2018 12:39

Smartfonlar uchun ilk marta Tor  rasmiy brauzeri paydo bo‘ldi

Tor brauzeri internetdan foydalanish imkoniyatini beradi va unda hech qanday iz qoldirmaydi — hamma  trafik Tor Project serveri orqali o‘tadi va anonimlashadi. Undan  nafaqat jinoiy tuzilmalar foydalanishadi, balki o‘zining maxfiyligi haqida qayg‘uradiganlarga ham yordam beradi. Masalan, OAV’ning anonim axborot yetkazuvchilari uchun juda ma’qul keladi. Brauzer Windows, macOS va Linux uchun bemalol. Ammo mobil qurilmalar uchun rasmiy versiya endi paydo bo‘ldi.

Hozirda ilovalar do‘konida faqat g‘alati brauzerlar mavjud. Endi Android foydalanuvchilari  Tor Project kompaniyasining rasmiy brauzerlaridan foydalansa bo‘ladi. iOS uchun brauzer versiyasi haqida dastur yaratuvchilar hozircha ma’lumot berishmayapti.

 Tor brauzerini Tor Project loyihasining rasmiy saytidan Google Play da APK-fayl ko‘rinishida yuklab olish mumkin.

Shuni ham hisobga olish lozimki, brauzer hozircha alfa-testlash bosqichida turibdi va Orbot ilovasisiz ishlamaydi. Brauzer to‘liq yaratilgandan keyin alohida ilovalar kerak bo‘lmay qoladi.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!