Smartisan Nut Pro: hashamdor “qo‘sh ko‘z”lining narxi hayratda qoldirmoqda

Smartisan Nut Pro: hashamdor “qo‘sh ko‘z”lining narxi hayratda qoldirmoqda

O‘tayotgan haftada Xitoyning yosh smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Smartisan kompaniyasi Nut Pro nomli mobil telefonini taqdim qildi. Smartfon salobatli va o‘ziga xos dizayni bilan ko‘zga tashlanadi. Uning metall va shisha uyg‘unligida ishlangan korpusi 155x73,4x6,98 mm.li o‘lcham hamda 158 gramm vaznga ega. Gadjetga 3500 mA soatli elektr sig‘imiga ega akkumulyator o‘rnatilgan.

Smartisan Nut Pro 3 modifikatsiyalarda ishlab chiqariladi. Uning eng kichik talqini Snapdragon 625 chipseti, 4/32 Gb xotira, f/2.0 optik linzali 8 MP old kameraga, qora rangdagi korpusga ega bo‘lib, $217 dollardan sotuvga chiqariladi. O‘rta talqini esa 16 megapikselli selfi-kamera, Snapdragon 626 protsessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Qora va qizil rangli korpusli versiyalardagi bu talqin $260 dollardan sotuvga chiqadi. Eng yuqori versiya esa 128 doimiy ichki xotira hamda NFC aloqa texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi bilan farqli. Bu talqin uchun ishlab chiqaruvchi $333 dollar so‘ramoqda.

Smartisan Nut Pro’ning har uchala talqinining boshqa jihatlari o‘xshash: 5,5 dyuymli FullHD displey, USB Type-C porti, barmoq izlari skaneri, Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi, har biri 13 MP sig‘imli qo‘sh sensorli bosh kamera.

Smartisan Nut Pro’ning Android proshivkacb — Smartisan OS 3.6/3.7’ning o‘ziga xosligi — ovozli ogohlantirishlar hamda suratdagi ramzni tanish kabi jihatlari mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!