Snapdragon 675 davomchisi bo‘lgan SD678 taqdim qilindi

Snapdragon 675 davomchisi bo‘lgan SD678 taqdim qilindi

2018-yilda taqdim qilingan o‘ta ommabop Snapdragon 675 chipining endi yangi talqini bor. Bugun Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 678 chipini taqdim qildi.

Ushbu o‘rta toifa chipseti quvvat sarfini oshirmagan holda yaxshiroq fotolar oladi va oshirilgan aloqa xususiyatlariga ega.

SD678 chipseti 11 nanometrli LLP jarayoni asosiga qurilgan bo‘lib, ko‘p jihatdan Snapdragon 675'ga o‘xshash. Ikki platforma o‘rtasidagi yagona farq CPU yadrolari chastotasida: SD678'ning Cortex A76 yadrosi 2.2 GGs gacha bo‘lgan chastotada ishlasa, SD675'niki 2.0 GGs gacha chastotada ishlaydi. Grafik protsessori esa o‘zgarmagan — Adreno 612. Biroq Qualcomm chip unumdorligi oshishini va’da qilmoqda.

Platformalarning qolgan jihatlari ham bir xil: Spectra 250L ISP, Snapdragon X12 LTE Modem va Hexagon 685 DSP'lar shular jumlasidan.

Snapdragon 678 2520x1080 piksel rezolyusiyali ekranga ega, 10-bitli ranglarni ko‘rsatuvchi; 48MP asosiy, 16MP selfi kamerali; HEVC kodekida soniyasiga 30 ta kadrli 4K videolar oluvchi smartfonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Eng qudratli flagmanlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020-yil noyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!