Snapdragon 750G chipi va 5,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M42 5G smartfoni taqdim qilindi

Snapdragon 750G chipi va 5,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M42 5G smartfoni taqdim qilindi

Samsung'ning Galaxy M lineykasi qatoriga yangi qurilma qo‘shildi. Qarshi oling: Galaxy M42 5G.

O‘QING: Galaxy M12 kelasi hafta Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi

Bir qarashdayoq ko‘rish mumkinki, ushbu yangi smartfon aslida Galaxy A42 5G'ning ribrending qilingan talqinidir. Ta’kidlash joizki, M42 5G smartfoni Galaxy M seriyasi orasida 5G aloqasiga ega ilk qurilmadir.

Galaxy M42 5G qurilmasiga 6.6 dyuym diagonalli Super AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Ekran HD+ rezolyusiyasi va tomchi kamera tirqishiga ega. Orqa panelda 48MP asosiy, 8MP ultrakeng, 5MP makro va 5MP sath kameralari joylashgan.

Smartfon Snapdragon 750G platformasida ishlab, 6/8GB tezkor, 128GB doimiy xotiraga ega. Xotirani, shuningdek, microSD kartasi bilan kengaytirish ham mumkin. Akkumulyator 15 Vt da zaryad oladi, sig‘imi esa 5,000 mA/soat.

Galaxy M42 5G smartfoni Prism Dot Black va Prism Dot Grey ranglarida sotuvga chiqadi. 6GB/128GB modeli uchun kompaniya 295 dollar, 8GB/128GB talqin uchun esa 322 dollar so‘ramoqda. Ilk sotuvlar 1 maydan Samsung.com va Amazon India saytlarida boshlanadi.

O‘QING: 2020 yilgi qaysi Samsung reklamasi iste’molchilarga eng ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!