Dimesity 9200 ashaddiy raqibi: Snapdragon 8 Gen 2 rasman taqdim qilindi!

Dimesity 9200 ashaddiy raqibi: Snapdragon 8 Gen 2 rasman taqdim qilindi!

Qualcomm vanihoyat o'zining yangi flagman chipseti, Snapdragon 8 Gen 2'ni taqdim qildi. Yangi chipset o'tgan yilgidek 4 nanometrli protsessor ustiga qurilgan, biroq bu safar u boshqacha yadro konfiguratsiyaga ega: Kryo protsessori 3.2 gigaertsli bitta asosiy Arm Cortex X3, 2.8 gigagertsli to'rtta ishchi yadrolar va samaradorlik uchun 2 gigagertsli uchta yadrolarni o'z ichiga oladi.

Foto: Qualcomm

Snapdragon 8 Gen 1 bilan taqqoslaganda yangi avlod protsessori 35% tezroq va 40% tejamkorroq hisoblanadi. Uning grafikasi tezligi esa 25 foizga oshgan va u endi 45 foizga kamroq energiya sarflaydi. Aytish kerakki, chipset ham 64 bitli ham 32 bitli operatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydi yoxud Snapdragon 8 Gen 2 o'rnatilgan smartfonlarda eski ilovalar ham, yangilari ham birdek muammosiz ishlayveradi

Qualcomm'ning aytishicha, uning yangi chipseti sun'iy intellekt amallarini 4.35 marta tezroq bajara oladi. Shuningdek, kompaniya u bir tilni real vaqtda boshqa bir nechta tillarga tarjima qila olishini ham ta'kidlaydi.

MediaTek yaqinda taqdim qilgan Dimensity 9200 kabi Qualcomm'ning yangi chipi ham Wi-Fi 7 qo'llab-quvvatlanishiga ega. Qolaversa, Snapdragon 8 Gen 2'ning X70 modemi bir vaqtning o'zida ikkita turli 5G tarmog'idan foydalanishni ham taklif qila oladi.

Audio borasida Snapdragon 8 Gen 2 endi dinamik fazoviy audio xususiyatiga ega, ya'ni buni qo'llab-quvvatlaydigan quloqchinlar bilan musiqa siz boshingizni harakatlantirganingizda siz bilan birga harakatlanadi.

Foto: Qualcomm

Rasmlar tomonda Qualcomm yangi chipseti siz suratga olish tugmasini bosishingizdan avval yuzlar, sochlar, kiyim-kechaklar, fonlar tanib olinadi va ular alohida optimallashtiriladi va bu real vaqtda suratlar va videolarni yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, yangi chipset 8K formatda videoga olish qo'llab-quvvatlaydi, lekin videolarni faqat 4K formatda ko'rish mumkin.

Foto: Qualcomm

Geymingga keladigan bo'lsak, Snapdragon 8 Gen 2 bilan o'yinlar endi yanada realistik ko'rinadi, chunki u tezlashtirilgan apparat bilan real vaqtda "ray tracing" yoxud "nurlarni kuzatish" xususiyatiga ham ega. Shuningdek, chipset qahramonlarni yuqori darajada real ko'rsatadigan MetaHuman freymvorkini ham qo'llab-quvvatlaydi.

Foto: Qualcomm

Qualcomm'ning Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlangan smartfonlar tez orada, ehtimol bir necha haftadan so'ng taqdim qilinadi.

O'QING: Snapdragon 8 Gen2 chipli smartfon Geekbench'da qo‘lga tushdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!