Snapdragon 835 chipiga ega ilk noutbuk taqdim qilindi

Snapdragon 835 chipiga ega ilk noutbuk taqdim qilindi

ASUS hamda Qualcomm kuni kecha NovaGo nomli ilk Qualcomm'ning 8 yadroli Snapdragon 835 mobil protsessorida ishlaydigan "2 tasi 1 da" noutbukini taqdim qildilar.

Gavayida davom etayotgan Snapdragon Technology Summit tadbirida bugun eng kuchli smartfonlarga o‘rnatilgan chipda ishlaydigan NovaGo laptopi namoyish qilindi. Uning dizayni moslashuvchan, ya’ni devaysga 360 darajaga bukiladigan zoldir o‘rnatilgan.

13.3 dyuymli, 1080p piksel sig‘imli noutbuk ekrani LTPS NanoEdge texnologiyasida ishlab chiqarilgan. Ekran yonida qalinligi 8.9 mm.lik hoshiya mavjud. Noutbukning o‘zi ham g‘oyat yupqa -- 14.99 mm hamda vazni 1,390 gramm.

ASUS'ning qayd etishicha NovaGo noutbuki Qualcomm’ning X16 modemi yordamida Gigabit LTE texnologiyasiga ega bo‘lgan ilk laptop. Qolaversa, uni to‘liq quvvatlab, 22 soat mobaynida foydalanish mumkin.

Shuningdek, Qualcomm'ning "elektron yurakchasi"ga ega bo‘lgan devays uchun alohida ASUS Pen qurilmasi ham ishlab chiqarilgan.

ASUS NovaGo (TP370) jihatlari:
Displey: 13.3 dyuymli, FHD LTPS 1920 x 1080 pikselli;
Protsessor: 64 bit, 8 yadroli Snapdragon 835;
Video-karta: Adreno 540;
Tezkor xotira: 4 GB / 8 GB;
Doimiy xotira: 64GB / 128GB / 256GB (UFS 2.0), microSD bo‘lmachasi mavjud (256GB);
Selfi-kamera: HD webcam w/ raqamli mikrofon;
Batareya: 5200 mA soat;
Operatsion tizim: Windows 10 S;
Aloqa imkoniyatlari: WiFi, 4G, Bluetooth, HDMI, 2x USB 3.1 Gen 1 Type-A
Boshqa jihatlar: Stereo audio-karnaylar, 1 SD (SD, SDHC, SDXC), 2 ta Waves MaxxAudio Pro karnaylari;
O‘lchamlari: 316 x 221.6 x 14.9;
Vazni: 1,390 gramm.

ASUS NovaGo'ning bahosi 599 AQSh dollaridan boshlanadi.Uning eng yuqori, ya’ni 8 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega talqini esa 799 AQSh dollaridan sotiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!