Snapdragon hamda Exynos chipiga ega bo‘lgan Galaxy S22 Ultra'ning GeekBench'dagi natijalari taqqoslandi

Snapdragon hamda Exynos chipiga ega bo‘lgan Galaxy S22 Ultra'ning GeekBench'dagi natijalari taqqoslandi

Samsung yaqin kunlar ichida Galaxy S22 seriyasini taqdim etadi. Ma’lum bir hududga qarab, smartfonlar Snapdragon 8 Gen1 hamda Exynos 2200 chipi bilan jihozlanadi. Ikki chipga ega bo‘lgan qurilmalar GeekBench testidan o‘tdi. 

Taqqoslab ko‘rilgan ikkala model ham Galaxy S22 Ultra bo‘lib, SM-S908U modeli Exynos 2200, SM-S908B modeli esa Snapdragon 8 Gen1 chipida ishlaydi. 

Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan model bir yadroli testda 1168 ball, Exynos 2200 esa 1226 ball, ko‘p yadroli testda Snapdragon modeli 3462 ball, Exynos esa 3508 ballni qo‘lga kiritdi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, ikkila chip ham to‘rt nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, ular 1 ta Cortex X2, 3 ta Cortex A710 hamda 4 ta Cortex A510 yadrolariga ega. 

Samsung Unpacked tadbiri kelasi hafta bo‘lib o‘tadi. Unda Galaxy S22 seriyasi bilan bir qatorda Galaxy Tab S8 planshetlari ham taqdim etiladi. 

O‘QING: Galaxy Tab S8 seriyasi planshetlarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi