Sog‘mikan, omonmikan? Uch oydirki NASA marsoxod bilan aloqa qila olmayapti

  •   Saroy
  •  799
  •  25.08.2018 11:31

Sog‘mikan, omonmikan? Uch oydirki NASA  marsoxod bilan aloqa qila olmayapti

Opportunity marsoxodi uch oydan buyon NASA bilan aloqa qilmay qo‘ydi.

Marsni o‘rganish dsturi bo‘yicha ish olib borayotgan NASA olimlarining asabi taranglashmoqda: mana uch oydirki, mashhur Opportunity marsoxodi signallarga javob bermayapti, uni chang bo‘roni qoplagan.

Opportunity soyasi (NASA)

Bunday bo‘ronlar Marsda tez-tez bo‘lib turadi, odatda ular sayyoraning janubiy sharida yoz boshlansa yuzaga keladi. Garchi, ular tez-tez va kutilmaganda sodir bo‘lsa-da, lekin mahalliy xarakterga ega bo‘ladi va ko‘pi bilan bir necha haftaga cho‘ziladi.

O‘QING:Koinotdan olingan fotosurat: Marsda kuchli po‘rtana

Ammo, ayrim vaqtlarda chang bo‘roni butun sayyoraga tarqalishi mumkin. Bunday bo‘ronlar Marsda ko‘p bor kuzatilgan, masalan  amerikaning Mariner 9 (1971), Viking I (1971) va Mars Global Surveyor (2001) apparatlari bilan ham shunday bo‘lgandi.

Shunday kuchli bo‘ronlarning biri baland tog‘li  Arabiya Terra hududida o‘tgan may oyida yuzaga kelib, keyin butun sayyoraga tarqalgandi. Ushbu hodisaning xunuk oqibatlaridan biri,  Opportunity marsoxodining o‘chib qolishi bo‘ldi. Bo‘ron tufayli uning ustini chang-to‘zon qoplab olgandi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bo‘ron katta miqdorda chang-to‘zonni atmosferaga olib chiqqanligi bois, sayyorada “tugamaydigan  qorong‘u tun” boshlangan. Shu tufayli marsoxod o‘zining asosiy quvvat olish manbai bo‘lmish quyosh batareyalari ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.

O‘QING:Marsda ulkan ko‘l topildi

Natijada apparat avtomatik tarzda quvvattejamkorligi rejimiga o‘tgan va yorug‘lik qayta tiklangunga qadar shunday taradi. «Biz havotirdamiz, ammo umid qilamizki, bo‘ron to‘xtaydi va rover biz bilan aloqaga chiqishni boshlaydi», — deydi missiya rahbari  Jon Kallas.

So‘nggi bor apparat aloqaga 10 iyunda chiqqan edi. Hozir bo‘ron tinmoqda, atmosfera ochilyapti, ammo marsoxod hamon sukut saqlamoqda. Aloqa yo‘qligidan va ishlamay qolganidan tashqari, yana bir muammo bor, deya aniqlik kiritdi olimlar. Ularning aytishicha, marsoxodda o‘zining akumulyatorlarini isitish uchun  ham quvvat yetmasligi mumkin, bu esa apparatning sovuq mars atmosferasida muzlab qolishiga olib keladi. Darvoqe, olimlarning umid qilishicha, Marsda yoz boshlanayapti va marsoxodning muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Qolaversa, kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, atmosferada shaffoflik ortmoqda va apparatdan istalgan daqiqada mujda kelib qolish ehtimoli mavjud.

O‘QING:Mars sayyorasida muz bloklari qayerdan paydo bo‘ldi?

Bo‘ron boshqa bir amerika marsoxodi bo‘lmish,  Curiosity’ga ham ta’sir qildi. U Geyla kraterida ishlaydi va u ham bo‘ronni  sezdi. Biroq bo‘ron ushbu apparatga unchalik ko‘p ta’sir qila olmaydi. Chunki,   Curiosity energiya manbai sifatida quyosh batareyasidan emas, balki  radioizotopli termoelektrik generator (RITEG) dan foydalanadi.

Olimlar hamon g‘oyib bo‘lgan Opportunity marsoxodidan signal kutmoqda. Ular  apparatning bo‘ron tufayli missiyasi to‘xtab qolmasligidan umidvor. «Ilmiy jamoamiz roverning uyg‘onishidan umid qilib,  haftasiga uch marta signal jo‘natmoqda», — deyiladi missiya tarqatgan xabarda.

«Biz hamon uni eshitmayapmiz, — deydi missiya vakili Endryu Gud. Sentyabr o‘rtalarida Mars osmoni to‘liq ochiladi va apparat qayta quvvatlanishi mumkin”.

Buron boshlangunga qadar marsoxod  14 yilu  195 kun ishlab berdi, bu avval boshda belgilangan muddatdan  55 marotaba ko‘p ishladi deganidir.  Opportunity Mars yuzasidagi Igl krateriga 2004 yil 24 yanvarda qo‘ngan edi. Undan  uch hafta oldin uning egizagi Spirit Marsning teskari tomoniga qo‘ndirilgandi. Ikkala apparatning ham kafolatlangan ishlash muddati uch oyni tashkil etgan, ya’ni olimlar Qizil sayyorani o‘rganib chiqish uchun uch oy yetadi, deb o‘ylashgandi.

Bunday hodisalar tez-tez bo‘lib turadi. Masalan, sobiq ittifoqning lunoxodi ham belgilangan muddatdan ko‘proq ishlab bergandi.

Missiyani uch oyga rejalashtirgan NASA vakillarining fikricha,   Mars sayyorasidagi chang-to‘zon marsoxodning quyosh batareyasini qoplab oladi u to‘xtab qoladi. Biroq shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qattiq esayotgan shamol apparat panellarini juda yaxshi tozalar ekan ham.  Masalan, 2009 yilda shunday bo‘ronlarning birida Spirit qumga tiqilib qolib, aloqaga chiqmay qo‘ygandi. O‘shanda Opportunity  harakat qilishda davom etgandi.