Sony birdaniga ikkita smartfon taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1864
  •  30.10.2017 11:18

Sony birdaniga ikkita smartfon taqdim etdi

Sony Mobile Hindistonda o‘zining Xperia R1 hamda Xperia R1 Plus rusumli smartfonlarini namoyish qildi. Ularning savdosi noyabrning birinchi yarmida boshlanadi, deya xabar beradi Fone Arena nashri.

Ushbu ikkala gadjet ham Qualcomm Snapdragon 430 chipi bazasida ishlaydi. Mazkur protsessor takt chastotasi 1,4 GGs bo‘lgan sakkizta ARM Cortex-A53 yadrosi hamda Adreno 505 grafik tezlatgichini o‘z ichiga olgan. LTE Cat 4 modemi esa 150 Mbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi.

Xperia R1 va uning «plyusli» talqini 1280×720 pikselli sig‘imga ega, HD 2.5D sifatli displey bilan jihozlangan. Ekran o‘lchami diagonaliga 5,2 dyuymni tashkil etadi. Smartfonlar korpusining orqa panelida 13 megapikselli, old qismida esa 8 megapikselli kameralar o‘rnatilgan.

Sony’ning mazkur devayslari Wi-Fi 802.11b/g/n hamda Bluetooth 4.2 modullari, shuningdek GPS/GLONASS priyomnigiga ega. Ular ham USB Type-C porti, ham standart 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi bilan jihozlangan. Smartfonlarga 128 gigabaytgacha hajmli microSD-karta hamda ikkita nanoSIM-karta qo‘yish imkoni mavjud.

Gadjetlarning o‘lchamlari 146×73,2×8,89 millimetrni, vazni esa 154 grammni tashkil etadi. Xperia R1 hamda Xperia R1 Plus modellari 2620 mA/soat sig‘imli akkumulyatordan quvvat olib ishlaydi.

Yangi smartfonlarda Android 7.1 Nougat operatsion tizim talqini qo‘llangan; ularni Android 8.0 Oreo talqinigacha yangilash imkoni ham mavjud.

Bu ikkala modelning o‘zaro farqi ularning tezkor va ichki xotirasida, shuningdek, narxidadir. Sony Xperia R1 rusumli devays tegishlicha 2/16 gigabaytli tezkor va doimiy xotiraga ega bo‘lsa, «plyusli» modelda bu ko‘rsatkichlar 3/32 gigabaytga teng. Sony kompaniyasi Xperia R1 uchun 215 AQSh dollari, Xperia R1 Plus uchun esa 245 AQSh dollari miqdorida narx belgilagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!