Sony PlayStation Classic pristavkasi uchun o‘yinlar ro‘yxati e’lon qilindi

  •   Saroy
  •  1082
  •  30.10.2018 11:43

Sony PlayStation Classic pristavkasi uchun o‘yinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Sony 20 ta o‘yindan iborat ro‘yxatni e’lon qildi. O‘yinlar klassik  PlayStation Classic pristavkalarida qayta nashr qilish uchun  o‘rnatiladi.

Ushbu ro‘yxatga ko‘plab afsonaviy o‘yinlar kiritilmadi, lekin tanlash imkoniyati baribir qoldirildi. Ular quyidagi tartibda berildi: Battle Arena Toshinden™, Cool Boarders 2, Destruction Derby, Final Fantasy VII, Grand Theft Auto, Intelligent Qube, Jumping Flash, Metal Gear Solid, Mr Driller, Oddworld: Abe's Oddysee®, Rayman, Resident Evil™ Director's Cut, Revelations: Persona, Ridge Racer Type 4, Super Puzzle Fighter II Turbo®, Syphon Filter, Tekken 3, Tom Clancy’s Rainbow 6, Twisted Metal, Wild Arms.

O‘QING: Sony afsonaviy PlayStation konsolini savdoga qaytarmoqchi

PlayStation Classic konsoli disk bilan ishlamaydi, shu bois qo‘shimcha o‘yinlarni o‘rnatishning imkoniyati yo‘q. Agar  do‘stingizga yaxshi o‘yinni eslatmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi emulyatorga yoki pristavkalar klonlariga murojaat qilishingiz mumkin, masalan Sega o‘yinlari uchun.

Dastlabki PlayStation’ning yangilangan versiyasi aslidan qariyb ikki barobarga kichkina, HDMI tirqishi va komplektida ikkita simli geympad ham bor. U  Sony’ning eng birinchi geympadlari hisoblanadi.

O‘QING: Sony PlayStation 4: hozircha 82,2 million dona sotildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!