Sony Xperia turkumidagi smartfonlar sotuvi 33 foizga qisqardi

Sony Xperia turkumidagi smartfonlar sotuvi 33 foizga qisqardi

O‘tgan haftada Yaponiyaning Sony kompaniyasi uning uchun 2016 yil 31 dekabr sanasida yakun topgan uchinchi moliyaviy chorak bo‘yicha hisobotni e’lon qildi, deb yozmoqda IXBT nashri.

Ushbu muddat davomida kompaniya jami 51 mln dona  Sony Xperia turkumidagi smartfonlarni sotishga ulgurgan xolos. Bu ko‘rsatkichni 2015 yilning shu davriga nisbatan 33 foizga kam demakdir. Mos ravishda kompaniyaning bu sohadan oladigan daromadi ham 35 foizga qisqargan.

Shu ta’sirida bo‘lsa kerak, Sony 31 mart kuni yakunlanadigan to‘rtinchi moliyaviy chorak bo‘yicha o‘z smartfonlariga tegishli sotuv prognozlarini tushirishga majbur bo‘lgan. Agar avvalroq kompaniya yangi chorakda 17 mln dona smartfon sotishni rejalashtirgan bo‘lsa, ayni paytda ushbu ko‘rsatkich 2 mln donaga kamaytirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!