Sony Xperia XZ1 flagmanining narxi ma’lum bo‘ldi

Sony Xperia XZ1 flagmanining narxi ma’lum bo‘ldi

Taniqli insayder Roland Kvandt hozircha namoyish qilinmagan Sony Xperia XZ1 hamda XZ1 Compact flagmanlarining smartfon bozorida qanchadan sotilishini ma’lum qildi.

Xo‘sh-xo‘sh?

Manbaaning qayd etishicha, Sony Xperia XZ1 flagmani 770 AQSh  dollaridan, uning kichik va ixcham talqini 640 dollardan sotuvga chiqariladi.

Ular to‘g‘risida nima ma’lum?

Sony Xperia XZ1 hamda XZ1 Compact smartfonlarida tok sig‘imi 3000 hamda  2800 mA soat bo‘lgan akkumulyator, ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 protsessori hamda 4 gigabaytli operativ xotira o‘rnatilgan. Yuqori talqinga 5.2 dyuymli, ixcham talqinga 4.6 dyuymli Full HD va HD displey o‘rnatilgan. Har ikkala smartfon so‘nggi kamera texnologiyalariga ega.

Sony Xperia XZ1 hamda XZ1 Compact shu yilning 1 - 6 sentyabrda Berlinda o‘tkaziladigan IFA 2017 ko‘rgazmasida namoyish qilinadi. Shuningdek, mazkur ko‘rgazmada Xperia XZ1, XZ1 Compact va X1 telefonlari ham taqdim qilinadi.

GFXBench benchmarkining ma’lumotlar bazasida Sony’ning Xperia XZ1 smartfoni test natijalari bir muddat avval e’lon qilingan edi.

Benchmark ko‘rsatgan ma’lumotlarga qaraganda, model raqami Sony G8341 bo‘lgan bu qurilma ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi hajmi 4 gigabaytni tashkil etadi, operatsion tizimi versiyasi esa – Android 7.1.1 Nougat.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!