Sony Xperia Z5 Compact – jajjilar toifasidagi kuchli smartfon

Sony Xperia Z5 Compact – jajjilar toifasidagi kuchli smartfon

Xperia Z5 Compact –Sony kompaniyasining ixcham flagmanlari davomchisi. Ammo yaponlarda “ixcham” koreyslardagi kabi “mini” degani emas. Sony “ulkan” apparatlardagi kabi eng yaxshi texnologiyalardan foydalanadi.

Z5 Compact ana shunday protsessor, barmoq izlari uchun skaner, yangi kamera, suvdan himoya qilish tizimi, g‘aroyib korpusga ega.

Sony Xperia Z5 Compact avvalgi Z3 Compact avlodidan katta farq qilmaydi. Kuchliroq protsessor, yaxshiroq kamera va qo‘shimcha barmoq izlari uchun kamera o‘rnatilgan. 2015 yil oxirida HD ekran va 2 GB operativ xotira hech kimni ajablantirmaydi, Qualcomm Snapdragon 810 protsessori esa zo‘r.

Yangi kamera

Sony, mana necha yil dirki, amalda o‘z top smartfonlari kamerasini o‘zgartirmaydi. 20,7 megapiksel modul 5-avlod smartfonidagina 23 megapikselga o‘zgardi, xolos. Farq sezilarli darajada emas. Biroq kompaniya bu kamerani “o‘z toifasida eng tez fokys to‘g‘rilovchi” (0,03 soniya) deb ta’riflamoqda. Shuningdek, sifat borasidagi sezilarli o‘zgarishni ham va’da qilishgan. Sinab ko‘ramiz!

Demak, surat borasida fikrlar: Bino-inshootlar rasmi yaxshi chiqqan. Portretlar, makro a’lo darajada. Tungi videotasvirlarda shovqin yuqori, kunduzgi peyzaj tasvirida dinamik diapazon yetishmovchiligi bor. Bu degani yorqin, kontrast fotolarda osmon bilan uyqashlik seziladi, tasvirning quyi qismida buning aksi, qorong‘uroq. Albatta, bunda doimgidek sizni HDR rejimi qutqaradi. Avtomatika ustida bir oz ishlash kerak.

Xperia Z5 Compact chindan ham fokys to‘g‘rilashga soniyalar sarflaydi. Tasvir sifatida ham ijobiy tomonga o‘zgarish bor. Ammo raqiblarda bu jihat ustun, aynan tungi tasvirlarda.

Kamerada olingan rasmlar

Keling, 2015 yilning eng yaxshi 2 ta smartfonini solishtirib ko‘ramiz: qay biri ko‘proq ma’qul bo‘ladi? Birinchi qiyos Samsung Galaxy S6 edge bilan:

Samsung Galaxy S6 Edge

Samsung Galaxy S6 Edge

Sony Xperia Z5 Compact

Sony Xperia Z5 Compact

Endi LG G4 bilan taqqoslab ko‘ramiz:

LG G4

LG G4

Sony Xperia Z5 Compact

Sony Xperia Z5 Compact

Old va orqa planga e’tibor bering. Old planda LG G4 rasmi yaxshiroq: yuzning rangi to‘g‘ri , aniq fokus va a’lo darajadagi detallashtirish. Orqa plandagi tasvir borasida Samsung’da yaxshiroq natija. Fotografiyadagi yashillikni, sun’iy yorug‘likdagi avtomatikaning yaxshi emasligini hisobga olmaganda, Sony Xperia Z5ni “oltin o‘rtaliq” deb atash mumkin.

12

O‘ng yondagi skaner

Sony Xperia Z5 dagi barmoq izlari skaneri smartfonning yon tomoniga, ya’ni bloklash/o‘chirish tugmachasiga joylashgan. Smartfonni cho‘ntakdan olishingiz bilan barmog‘ingiz tugmachasida bo‘ladi. Qulay, albatta.

Sezuvchanligi yaxshi, iPhone 6, Samsung Galaxy S6, Huawei Mate 7 darajasida.

Lekin yangi flagmanlarning ikkinchi avlodidan ancha sezuvchan. Huawei Mate S, iPhone 6s dan keyin farq seziladi, ya’ni “razblokirovka” ancha sekin davom etadi. Biroq bu unchalar muhim jihat emas.

Barmoq izlari skaneri smartfonni faqat “razblokirovka” qila oladi. Raqobatchilarida esa shaxsiy papkaga, brauzerlarning tanlangan sahifalariga (Huaweida), pullik xizmatlarga (Apple Pay, Samsung Pay) kirish imkoniyati bor. Sonyda esa hozircha hammasi oddiy.

Ekran o‘zgarmagan

CmartfonHD formatdagi 4,6 dyuymli matritsaga egaShu bilan Xperia Z5 Compact smartfonining ekrani haqidagi fikrlarga yakun yasash mumkin. Biroq shoshilmaslik kerak.

Birinchidan, bu juda ixcham smartfon. Ekran o‘lchami (taxminan, iPhone 6/6s nikiday) – uning fishkasi.

Ikkinchidan, shunday dioganalli HD tasvir—yomon emas. Nuqtalar zichligi iPhone’nikidan qolishmaydi.

Sony bilan qo‘rqmay cho‘milavering!

Sony smartfonlarining asosiy fishkasi—suvdan himoya tizimi. Z5 Compact ham avvalgi modellar kabi IP68 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan. Raqobatchilarda esa bu himoya yo‘q.

USB uchun “in” qopqoqsiz (capless deyiladi) va quvvatlantirish uchun qulay. Hammasi batartib. Uning ostida xotira kartasi va bir dona SIM-karta uchun joy ham bor.

Bunday quvvat nima uchun?

Aytilganidek, Sony Xperia Z5 Compact’da protsessor juda kuchli: Qualcomm Snapdragon 810. Shuningdek, HD ekran va 2 GB operativ xotiraga ega. Xperia Z5 Compact qizib ketmaydi. Buning sababi ixcham ekran, deyish mumkin.

Bu ko‘rsatgichlar unga ko‘rk bag‘ishlaydi: 4K video, HD ekranning qotib qolmasligi. Tan olish kerak, raqobatchilar mini-versiyalarga Sony kabi kuch bermagan.

Xperia Z5 Compact akkumulyatori — 2700 mAs quvvat beradi. Bunday hajmdagi smartfonlar uchun – bu rekord.

Smartfondagi maksimal yorug‘lik bilan 9 soat bemalol video ko‘rish mumkin. Bu normal natija: avvalgi avlodidan yarim soatga uzoqroq.

Turli o‘yinlar uchun 5,5 soat – buyam rekord natija. Ammo kuchli tomoni – oddiy rejimdagi faoliyati. Hozirgi aksar smartfonlarni bir necha soatda quvvatlantirish talab etiladi, Z5 Compact bilan kun bo‘yi xotirjam yurish mumkin.

Pleyer

Muhim palla – ovoz.  Xperia Z5 smartfoni Hi-Res Audio va AHC, LDAC formatida ishlaydi, ovozlar juda yaxshi jaranglaydi. Z3 va biz tinglab ko‘rgan boshqa smartfonlardan ancha yaxshi. Hatto oddiy eshitish vositalarida ham barcha tovush unsurlari eshitiladi. Walkman pleyerining o‘zi juda ko‘rkam: sozlovchi ekvalayzer, ClearAudio+ funksiyasi va boshqa sozlamalar —teglarni tahrir qilish, albom muqovasini sozlash kabi imkoniyatlari bor.

Xulosa

Narxini hisobga olmaganda, Xperia Z5 Compact – eng yaxshi jajji flagman. Unda juda ixcham korpus, chiroyli rang, Sony smartfonlariga xos ustunliklar davomiyligini ko‘rish mumkin.

Biroq Quad HD ekran, 2 SIM-karta, optik barqaror kamera bilan Samsung Galaxy S6 undan arzonroq.

Huawei P8, Lenovo Vibe Shot, LG G4 flagmanlari ham arzonroq. Ammo ularda suvdan himoya tizimi yo‘q va kuchli emas. Shu sabablimi, Sony o‘z smartfoniga qimmatroq narx qo‘ygan.

Manba: Hi-tech.mail.ru

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.olx.uz $400 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi