Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

  •   DiMaX
  •  8579
  •  19.01.2019 12:43

Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

O‘tgan yilning oxirida O‘zbekistonda internet 10 baravarga tezlashishi haqida shov-shuvlar esimizda. «O‘zbektelekom» hatto noyabrning oxirida internet tezligi 10 barobar oshirilganini e’lon qilgan ham. Lekin amalda...

O‘QING: O‘zbekistonda internet tezlashgani sezilmaganining sababi aytildi

Xo‘sh, uyali aloqa operatorlarida bu borada ahvol qanaqa – qay biri yuqori tezlikdagi internet taklif eta oladi? Shunga aniqlik kiritish maqsadida, 2019 yilning 16 yanvarida iHoops.uz nashri tezlik sinovini o‘tkazib, natijalarini e’lon qilgan.

Qisqacha aytganda, UMS, UzMobile, Beeline va Ucell tarmoqlarida internetga ulanish (trafikni qabul qilish va uzatish) tezligi quyidagicha:

O‘QING: Mutaxassis minbari: 2019 yili O‘zbekistonda internet tezligi oshadimi?

Yuqoridagi natijalarni aniqlash uchun o‘tkazilgan tezlik testlarining «jonli» videosini esa quyida tomosha qiling:

Aytish kerakki, ushbu sinovlar 2019 yilning 16 yanvar sanasi, Toshkent shahrining markazida o‘tkazilgan. O‘zbekistonning turli hududlarida har xil omillarga bog‘liq holda, tezlik bu yerdagidan farq qilishi tabiiy.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!