Speedtest statistikasi: qayerda mobil internet eng tezkor?

  •   DiMaX
  •  1879
  •  14.12.2018 16:55

Speedtest statistikasi: qayerda mobil internet eng tezkor?

Internet-ulanishlar tezligini aniqlab beruvchi Speedtest servisi sohibi – Ookla kompanisi qiziq statistik ma’lumot e’lon qildi. Unda dunyo bo‘yicha qaysi uyali aloqa operatorlari eng katta tezlikda internet xizmatlarini taqdim etishi ko‘rsatilgan.

O‘QING: Mobil internet tezligi WI-FI dan yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakat

Ma’lum bo‘lishicha, Norvegiyada mobil qurilmalar orqali internetga ulanish tezligi eng yuqori ekan – soniyasiga  naq 67.17 megabit! Islandiya esa 67.05 Mbit/soniyalik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikni 57.28 Mbit/soniyalik natija bilan Singapur yakunlab bergan.

Buni qarangki, texnologik jihatdan ilg‘or, yetakchi davlatlardan hisoblangan AQSh mobil internet tezligi reytingida atigi 43-o‘rinni egallagan. Qo‘shma Shtatlarda mobil internetning o‘rtacha tezligi 30.49 Mbit/soniyaga teng ekan.

O‘QING: Interneti «erkin bo‘lmagan» mamlakatlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!