Sport telekanali Olimpiada o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qiladi

Sport telekanali Olimpiada o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qiladi

Telekanalda Riodagi Olimpiya shaharchasi va olimpiachilar hayoti batafsil yoritiladi. Bu haqda Uz24.Uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi shu yilning 5 avgustidan 21 avgustigacha Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarini namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Sport telekanali Olimpiada o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimi, sportchilarning musobaqalari, xususan, o‘zbek olimpiachilarining chiqishlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatadi.

Olimpiya terma jamoasidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Braziliyaga Sport telekanalining muxbiri ham yuborilgan, u Olimpiya shaharchasi hayotini yoritadi, olimpiyachilarimizning yashash sharoiti va kayfiyati haqida so‘zlab, sportchilardan intervyular oladi.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Rioga jo‘nab ketishdi. 3 avgust kuni Olimpiya qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi. O‘zbekistonlik sportchilar 120 dan ortiq Olimpiada litsenziyalarini qo‘lga kiritishgan, ulardan 70 ta yo‘llanma olimpiyachilarga, yana 52 tasi paralimpiyachilarga tegishli.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!