Spotify o'zining sun'iy intellektga asoslangan DJ'yini taqdim qildi!

Spotify o'zining sun'iy intellektga asoslangan DJ'yini taqdim qildi!

Taniqli musiqa strimingi platformasi, Spotify, sun'iy intellektga asoslangan DJ'ni ishga tushirganligini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, DJ sizning musiqadagi "did"ingizni avval tinglagan musiqalaringiz tarixi va siz layk yoki dizlayk bosgan musiqalarga qarab o'rganadi. An'anaviy algoritmdan farqli o'laroq, sun'iy intellektga asoslangan DJ sizga shunchaki keyingi musiqani tanlab berish bilan cheklanmaydi. U xuddi radiostansiya boshlovchisi kabi qo'shiqlar orasida qisqa va qiziqarli sharhlar berib o'tishi bilan o'ziga xos hisoblanadi.

DJ pleylisti cheksiz, ya'ni u qo'shiqlarni cheksiz taklif qilaveradi, biroq siz ekrandagi DJ tugmasi orqali janrlar yoki qo'shiqchilarni o'zgartirishingiz mumkin.

DJ'ning sun'iy ovozi Spotify yaqinda sotib olgan Sonantic AI kompaniyasining ovoz texnologiyasi tomonidan quvvatlangan bo'lib, u kompaniyaning sobiq rahbari, hozirda The Get Up podkasti boshlovchisi, Xavier “X” Jernigan ovoziga asoslangan. Har bir qo'shiq uchun aytiladigan sharhlar esa OpenAI, ya'ni uning matnlar yaratib beruvchi ChatGPT texnologiyasi va boshqalarga ko'ra tayyorlanadi. Ehtimol, kelajakda foydalanuvchilar DJ ovozini, ya'ni uni kimligini o'zgartirishlari mumkin bo'ladi. Xavier Jernigan yoki boshqalar.

DJ allaqachon AQSH va Kanadadagi Spotify Premium egalari uchun ingliz tilida beta rejimida ishga tushirilgan.

O'QING: Devid Guyetta sun’iy intellekt yordamida Eminemning ovozini soxtalashtirdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!