Stiv Jobs foydalangan BMW Z8 auksionga qo‘yiladi

Stiv Jobs foydalangan BMW Z8 auksionga qo‘yiladi

Nyu-Yorkda joylashgan Sotheby’s auksionida Apple asoschisi va bir necha yillik rahbari Stiv Jobsga tegishli bo‘lgan BMW Z8 avtomobili qo‘yiladi. Avtomobilning boshlang‘ich bahosi 400 000 dollar.

Nemis avtomobilllarining dizayni doimo Jobsni o‘ziga maftun qilib kelgan. Uning BMW hamda Mercedes-Benz SLs brendlariga tegishli bir nechta mototsikllari ham bo‘lgan. Ba’zi bir manbalarda yozilishicha, 2010 yilda Stiv Jobsni BMW Z8 modelini xarid qilishga Oracle kompaniyasining o‘sha vaqtdagi rahbari Larri Ellison undagan. O‘shanda u Stivga bu mashinaning Apple rahbari nufuzi va didiga mos keladigan yuqori sifatli sport avtomobili ekanini aytgan.

Stiv bu mashinadan 3 yil foydalangan va shundan so‘ng Los-Anjelesda istiqomat qiluvchi xaridorga sotgan. Mashinadan 11 yil foydalanilgan. Eng aqlbovar qilmas haqiqat shuki, avtomobil bor-yo‘g‘i 24 kilometr masofani bosib o‘tgan. Avtomobil muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazib turilgan.

BMW Z8 avtomobiliga tegishli qiziqarli aksessuarlardan biri Motorola mobil aloqa telefoni bo‘lib, Stiv Jobsning bu aloqa vositasini juda yomon ko‘rgan. Kun kelib esa Apple va Motorala hamkorga aylanishadi hamda iTunes xizmatiga ega telefonlar ishlab chiqara boshlaydi.

2004 yilning iyunida Apple BMW bilan birgalikda iPod qurilmasi va BMW iPod Adapter avtomobil audiotizimini ishlab chiqargan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!