Stiv Voznyakning kriptovalyuta loyihasi barbod bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1148
  •  22.08.2018 11:26

Stiv Voznyakning kriptovalyuta loyihasi barbod bo‘ldi

Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak anchadan buyon kriptovalyutaga jiddiy qiziqish bildirib keladi. Ayni paytda u Equi Capital loyihasi ustida ish olib bormoqda. Ushbu startap Ethereum tokenlarini chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu loyiha investitsiyalarni jalb qilishni yanada osonlashtirishi kerak edi. Endi Stiv  barchani loyihada ishtirok etishga chaqirmoqda. Uning bayonot berishicha, loyiha ishtirokchilari nafaqat kriptovalyuta sotib oladi, balki kompaniyaning aksiyadoriga ham aylanadi.

O‘QING:Stiv Voznyak o‘z bitkoinlarini sotgan emas, o‘g‘irlatgan ekan!

Kutilishicha, Equi Capital daromadli korxonani ekspertizadan o‘tkazadi, so‘ngra unga Equi tokenlari hisobiga shakllangan kapitallarni jalb qiladi.  Kriptovalyuta xaridorlari muvaffaqiyatli investitsiyasidan nafaqat daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, balki kriptovalyutaga egalik qilib, besh foizlik yillik foyda ham oladi. Afsuski ushbu ishning yaxshi tomonlari shu yerda tugaydi va haqiqiy muammosi shundan keyin namoyon bo‘ladi.

Mazkur loyihada tokenlar savdosi hisobiga 7 million dollardan ziyod mablag‘ to‘plandi, ammo shundan keyin u omma uchun ham ochilgach, nimagadir loyihaga qiziqish susayib ketdi va ko‘zlangan maqsad amalga oshmay qoldi. Xullas, ICO loyihasi bekor qilindi, pullar investorlarga qaytarildi. Loyiha ishlab chiqaruvchilari bonuslar dasturiga (bounty), murojaat qilishdi va natijada u ham janjal bilan yakun topdi.

O‘QING:Stiv Voznyak barcha bitkoinlarini nega sotganini aytdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!