Stiven Xoking izdoshlari yonginamizdagi o‘zga sayyoraliklarning radiosignalini ushlashdi!

  •   DiMaX
  •  3303
  •  28.12.2020 13:28

Stiven Xoking izdoshlari yonginamizdagi o‘zga sayyoraliklarning radiosignalini ushlashdi!

Yerdan tashqaridagi ongli mavjudotlarni izlashga yo‘naltirilgan SETI global tashabbusi o‘z faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan. Lekin yaqindagina bu boradagi izlanishlar tarixidagi eng samarali natija qo‘lga kiritildi.

O‘QING: SENSATsIYa: Pentagon haqiqiy NUJlar aks etgan uchta videoyozuvni rasman oshkor qildi!

Breakthrough Listen loyihasi ham sayyoramizdan tashqarida hayot alomatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, uning asoschilaridan biri mashhur fizik Stiven Xoking edi. Ushbu tadqiqotchilar yaqindagina Kentavr yulduz turkumidagi eng yorug‘ yulduz – Proksima tizimidan signal qabul qilishdi. Bu – bizning Quyoshga eng yaqin yulduz ekanligini hisobga olsak, vaziyat qiziq tus olmoqda.

Signalning chastotasi 980 MGs diapazonida ekanligiga ko‘ra, u sun’iy yo‘ldoshdan yoki kosmik zonddan kelayotgani yo‘q. Uning chastotasi tez-tez o‘zgarib turishidan tashqari, u aynan Proksima atrofida aylanayotgan sayyoradan kelmoqda.

«Buning Kentavr Proksimasidan kelayotgan sun’iy signal bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Biz o‘zga sayyoraliklarni juda uzoq izladik; ularning shundoqqina bizga eng yaqin yulduz turkumida bo‘lib chiqishlari juda ajoyib», – deyishmoqda kashfiyotchilar.

Biroq olimlarning ko‘pchiligi bu signalning g‘ayrizaminiy sivilizatsiyaga tegishli ekanligiga shubha bilan qaramoqdalar. Ularning fikricha, ko‘rsatilgan yerda o‘zga sayyoralik ongli mavjudotlarning borligi ehtimoli 0,01 foizga yaqin.

O‘QING: O‘zga sayyoraliklar chindan bormi? Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!