Su-35S AQShning “ko‘rinmas” samolyotini ko‘rib qoldi

  •   Saroy
  •  2662
  •  09.10.2018 16:55

Su-35S  AQShning “ko‘rinmas” samolyotini ko‘rib qoldi

Su-35S samolyotining optik-lakotsion stansiyasi AQShning payqash qiyin bo‘lgan qiruvchi  F-22 samolyotini havoda aniqladi.

Cu-35S — bugungi kunda Rossiyaning eng zo‘r jangovar  samolyotlaridan hisoblanadi. Garchi uning o‘zi payqash qiyin bo‘lgan samolyotlar toifasiga kirmasa-da, lekin undagi texnikalar stels-qiruvchi samolyotlarni payqash imkonini beradi. Yaqinda  «Suxoylarning»  biri AQSh harbiy havo kuchlariga qarashli payqash qiyin bo‘lgan  VVS F-22 Raptor samolyotini havoda fosh etdi va nishonga oldi. Bu hodisa Suriya osmonida kuzatildi: u yerda «Raptorlar» ham,  Cu-35S qiruvchilari ham keng qo‘llanilmoqda .

Su-35S bortidan olingan F-22 Raptor samolyoti surati

Bunga optik-lokatsion stansiyasi – OLS-35’dan foydalanish tufayli erishildi. Ushbu tizim nishonni 90 kilometrgacha bo‘lgan masofagacha topadi. Tizim bir vaqtning o‘zida 4 ta nishonni kuzatib bora oladi.

O‘QING:Behuda vaqt sarf qilingan: F-35 qiruvchi samolyotining jangovar debyuti tanqidga uchradi 

AQShda chiqadigan  Defence Blog  nashri jurnalistlarining  ta’kidlashicha, bunday stansiyalar payqash qiyin bo‘lgan samolyotlarni ushlashda juda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, ammo faqat yaqin masofalarda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha,  OLS-35  stansiyasi yaqin masofalarda bo‘ladigan janglarda Su-35S samolyotlariga ustunlik beradi, ammo hozirgi zamonda havo  janglari optik-lokatsion stansiyalar uchun olis bo‘lgan masofalarda olib boriladi. Bunday holatlarda esa ustunlik F-22: stels-texnologiyasi tomonda bo‘ladi, bu esa amerikaliklar imkoniyatini oshirishi shubhasiz.

O‘QING:AQSh o‘zining “yangi” F-35 jangovar samolyoti bilan raqiblarini qo‘rqitmoqchi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!