«Sun’iy ong» endi qachon o‘lishingizni ham aytib bera oladi!

  •   DiMaX
  •  1485
  •  30.03.2019 16:50

«Sun’iy ong» endi qachon o‘lishingizni ham aytib bera oladi!

Insoniyat «sun’iy idrok»ni takomillashtirib, uni har xil vazifalarga o‘rgatmoqda. Turli texnologik kompaniyalar bunda bir-biridan o‘zishayotir.

O‘QING: Sun’iy intellekt kiyim ostiga ham qarashni o‘rgandi

Nottingem universiteti tibbiy statistika mutaxassislari hamda shifokorlar neyron tarmoqlariga asoslangan maxsus «sun’iy ong» ishlab chiqishdi va sinab ko‘rishmoqda. Mazkur neyrotarmoq surunkali kasalliklar sababli erta o‘lim topish ehtimolini baholovchi algoritmga asoslangan. Bu haqda PLOS jurnalida batafsil ilmiy maqola (ingliz tilida) e’lon qilingan.

Tadqiqot doirasida 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan taxminan yarim million nafar kishining tibbiy holati ma’lumotlarga asoslangan. Ularning turmush tarzi 2006–2016 yillar mobaynida kuzatilib, kerakli ma’lumotlari neyrotarmoqqa taqdim etilib kelgan.

Professor Stiven Ven so‘zlariga ko‘ra, olimlar bunda o‘zi o‘rganuvchi «sun’iy ong»ga hamda xavfni oldindan aniqlashning yangi modeliga tayanishgan. Mazkur model ko‘plab omillarni o‘z ichiga oladi: demografiya, biometriya, klinik belgilar va ovqatlanish kabi.

Olingan ma’lumotlarni neyrotarmoq umumlashtirib, Buyuk Britaniya Milliy statistika vazirligi taqdim etgan – o‘limlar statistikasi bo‘yicha tuzilgan kartaga kiritgan. Ma’lum bo‘lishicha, ishlab chiqilgan yangi algoritm o‘limlarni shu paytgacha ekspertlar taklif etgan standart modeldan ko‘ra aniqroq tarzda oldindan aytib bera olgan.

O‘QING: Google bemorning o‘limini oldindan aytib bera oladigan sun’iy ong yaratdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.