Sun’iy ong sizga to‘laqonli hamsuhbat bo‘lmoqchi

  •   Saroy
  •  988
  •  22.06.2018 17:36

Sun’iy ong sizga to‘laqonli hamsuhbat bo‘lmoqchi

Microsoft korporatsiyasi Xiaoice chatbotini yanada takomillashtirish ustidaish olib bormoqda, maqsad shuki, sun’iy ong  nafaqat suhbatdoshining e’tirozlariga javob berishi kerak, balki suhbatni tizimla ravishda davom ettirishni ham uddalasin.

Odamlar bilan aloqada ovozli yordamchilar va chatbotlarning o‘zini tutishini hozircha shunday ibora bilan izohlash mumkin: «sen qayoqqa borsang, men ham o‘sha yoqqa». Sun’iy ong to‘laqonli suhbat olib bormaydi, balki insonning «turtki»siga javob beradi, xalos. Endi esa Microsoft  zarur bo‘lganda, chatbot uchun  insonni gapirishdan to‘xtatib qo‘yadigan va noqulay jimlikdan keyin yana suhbatni davom ettira oladigan algoritmni yaratdi.

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

 Mazkur algoritmdan foydalangan holda, dasturchilar Xiaoice chatbotini yangilashdi.  Sun’iy hamsuhbatning yangi versiyasi insonning nima deyishini oldindan bilishi va mustaqil ravishda suhbatga qo‘shilishi mumkin. Dasturchilarning ta’kidlashicha, Xiaoice foydalanuvchilar uchun «samimiy va xushmuomalali do‘st» bo‘ladi.

Hozircha, yangi toifadagi  sun’iy ong bilan faqat Xitoy aholisi suhbat qura oladi. Microsoft ushbu texnologiyani boshqa chatbotlarda ham, masalan, Amerikaning  Zo yoki Yaponlarning Rinna’larida ham qo‘llashni  rejalashtirgan. Kompaniyaning sun’iy intellektga bag‘ishlangan maxsus blogida ana shular haqda batafsil ma’lumot berilgan.

O‘QING: Sun’iy intellekt kiyim ostiga ham qarashni o‘rgandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!