Sun'iy intellekt bilan kuchayish navbati Opera'ga keldi

Sun'iy intellekt bilan kuchayish navbati Opera'ga keldi

Microsoft kompaniyasi o'zining sun'iy intellekt texnologiyasiga asoslangan Bing qidiruv tizimi va Edge brauzerini taqdim qilganidan bir necha kun o'tib, Opera ham o'zining ChatGPT bilan ishlaydigan yangi funksiyasini e'lon qildi.

Opera o'zining yangi funksiya qanday ishlashini ko'rsatib beruvchi videoni ulashdi. Unga ko'ra, siz manzil satrining o'ng tomonidagi "shorten", ya'ni o'zbek tilida "qisqartirish" tugmasini bosish orqali funksiyani faollashtirishingiz mumkin. Shunda brauzerning chap tomonidan yangi oyna ochiladi va sizga maqola yoki veb-sahifaning xulosaviy mazmuni chiqarib beradi.

Aytish mumkinki, Opera brauzerining yangi funksiyasi shunchaki ChatGPT bilan integratsiyalashgan xususiyat bo'lsa, Microsoft'ning Edge brauzeriga qo'shilayotgan sun'iy intellekt funksiyalari bilan siz hatto ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar yoza olasiz ham.

Afsuski, "shorten" funksiyasi hali hamma uchun ochiq emas. Yan Standel, Opera kompaniyasining marketing va kommunikatsiyalar bo'yicha vitse-prezidentining The Verge nashriga ma'lum qilishicha, yangi xususiyat tez orada ishga tushadi.

O'QING: Microsoft ChatGPT bilan kuchaytirilgan Bing qidiruv tizimining yangi versiyasini taqdim qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!