Super Mario Run o‘yini bir sutkada 10 mln marta yuklab olindi

Super Mario Run o‘yini bir sutkada 10 mln marta yuklab olindi

Avval xabar berganimizdek, yilning eng uzoq kutilgan mobil o‘yini Super Mario Run 15 dekabr sanasida App Store do‘konida paydo bo‘lgan edi. Afsonaviy  o‘yinning mobil versiyasi Nintendo kompaniyasi tomonidan tayyorlandi.

O‘yin App Store do‘koniga chiqarilgach, bir sutka mobaynida dunyo bo‘ylab 10 mln marotaba yuklab olingan va mualliflarga 4 mln dollar miqdorida moliyaviy foyda keltirgan. Bu haqda Slashgear nashri xabar tarqatgan. Super Mario Run mualliflari tomonidan yaratilgan Pokemon Go o‘yini do‘konga joylangandan keyin AQSh hududida bir sutka ichida 900 000 marta yuklab olingan edi. Super Mario Run esa bir sutkada AQSh foydalanuvchilari tomonidan 2,85 mln marta yuklangani ma’lum qilingan. Ushbu fakt esa mashhur Super Mario Run  joriy yilning eng shov-shuvli o‘yinidan ham bir necha baravar yuqori natija qayd etganini isbotlaydi.

Hozirda mazkur o‘yinni 150 ta mamlakatda App Store do‘konidan bepul yuklab olish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.