Super Mario Run o‘yinini endi iPhone va Android’da o‘ynash mumkin

Super Mario Run o‘yinini endi iPhone va Android’da o‘ynash mumkin

Afsonaviy Mario o‘yini endi rasman telefonlarda ham paydo bo‘ladi. Albatta, bu o‘yinning klassik versiyasi emas. Super Mario Run o‘yinining konsollarda chiqmasligi to‘g‘risida Nintendo kompaniyasining boshlig‘i Sigeru Miyamoto shaxsan ma’lumot bergan. O‘yinda mashhur personaj avtomatik ravishda to‘siqlar bo‘ylab yuguradi, o‘yinchi esa tangalarni yig‘ish, dushmanlarga hujum qilish va to‘siqlardan sakrash uchun ekranga epchillik bilan bosishi kerak bo‘ladi.

O‘yin shu yilning dekabr oyida chiqariladi. Uning birinchi iOs versiyasi, keyinchalik esa Android versiyasi tanishtirilishi rejalashtirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!