Supergidrofob – har qanday telefonni suv o‘tkazmas qiladigan texnologiya (Video)

Supergidrofob – har qanday telefonni suv o‘tkazmas qiladigan texnologiya (Video)

Supergidrofob qoplamlar sanoatda juda keng ko‘lamda ishlatiladi. Biroq bunday qoplamlar mahsulotni faqatgina qisqa muddat mobaynida suyuqlikdan himoya qila oladi, bu esa uning yalpi qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiladi. Yaqinda Avstraliya milliy universiteti olimlari boshqa analoglardan mustahkam va arzon bo‘lgan aerozolli supergidrofob qoplamlarni yaratishdi.

Gidrofob qoplam o‘zining mikroskopik yassi shakllari orqali suyuqlikni yuzadan itaradi va buyum sathining quruqligini ta’minlaydi. Ammo hozircha bunday materiallarning yuzasi boshqa predmetlar bilan aloqaga kirishganda nisbatan tezroq zararlana boshlaydi. Bu esa materialning samaradorligini susaytiradi.

Avstraliyalik olimlar yaratgan yangi material plastik va polimetilmetakrilat kombinatsiyasidan tayyorlangan. Sinovlar natijasida ushbu materialning ayni vaqtda mavjud analoglardan 60% barqaror ekanligini tasdiqladi. Material uzoq muddat o‘zining suvga qarshi xususiyatlarini saqlab qolishga qodir.

20160911_2_2

Shuningdek, yangi gidrofob neytral suyuqliklardan tashqari kislota va spirt kabi kimyoviy moddalarga ham chidamli. Qoplamni surtishdan oldin yuzani ultrabinafsha nur bilan tozalash talab etiladi. Shundan keyin surtilgan qoplam yuzaga mustahkam o‘rnashadi va suyuqlikka qarshi xususiyatlarini kamida sakkiz oy mobaynida saqlab qoladi.

20160911_2_3

“Bu qoplam osmono‘par binolar oynasini tozalashdan xalos qiladi, ko‘zgu va oynalarning terlashiga yo‘l qo‘ymaydi, bunday qoplamdan turli strategik ob’yektlarni qurishda ham foydalanshi mumkin”, – deb ta’kidlaydi tadqiqotchilar.

Eng qizig‘i, qoplam butkul shaffof rangda, shuning uchun u bilan istalgan predmet yuzasini qoplash mumkin. Masalan, bu texnologiya smartfon va boshqa qurilmalarni suvdan butunlay muhofaza qilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.