Suratlarni kuylatuvchi Wombo ilovasi bilan tanishing! (+video)

  •   DiMaX
  •  1307
  •  17.03.2021 12:56

Suratlarni kuylatuvchi Wombo ilovasi bilan tanishing! (+video)

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar orasida suratlarni qo‘shiq «kuylashga» majbur etadigan Wombo mobil dasturi mashhurlikka erishmoqda. Bu to‘g‘rida Glamour xabariga tayanib Daryo xabar bermoqda.

O‘QING: Telegram yordamida istalgan videodan osongina usulda GIF yasaymiz

Mobil dastur faqatgina Apple va Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan. Undan foydalanish juda oson: portret ko‘rinishidagi kerakli suratni yuklash va qo‘shiqni tanlash kifoya — suratdagi odamning o‘zi kuylashni boshlaydi.

Mana, Wombo yordamida AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni qanday «kuylatishgan»ini tomosha qiling:

Ushbu ilova orqali What is Love, Never Gonna Give You Up, I Will Survive kabi xit qo‘shiqlarni tanlash mumkin.

Mobil dastur ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab memlarning tarqalishiga olib keldi. «Endilikda biz Donald Tramp, qirolicha Yelizaveta va Mona Liza qanday kuylashini bilamiz», — deyiladi xabarda.

Wombo ilovasini iOS-gadjetlarga ushbu, Android-devayslarga esa mana bu havolalar orqali yuklab olish mumkin.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.