Suv ob’yektlarimizga «Smart Water» tizimi joriy qilinadi

  •   DiMaX
  •  1124
  •  17.05.2019 10:16

Suv ob’yektlarimizga «Smart Water» tizimi joriy qilinadi

Yurtimizning asosiy suv ob’yektlariga zamonaviy «SmartWater» tizimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berayotir.

O‘QING: Buxoroda havodan suv oluvchi qurilma ishga tushdi

Bugungi kunda mamlakatimizda suv xo‘jaligi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida imzolangan bitimga muvofiq, respublikamizning asosiy suv ob’yektlariga zamonaviy «Smart Water» («Aqlli suv») tizimi joriy qilinmoqda.

Mazkur loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligining grant mablag‘i evaziga moliyalashtirilyapti. Loyihaga ko‘ra, respublikamizning 61 ta ob’yektlariga manbadagi suv sarfini real vaqt rejimida (onlayn) kuzatish imkonini beruvchi tizim o‘rnatiladi.

Loyiha doirasida Janubiy Koreyadan uskunalar olib kelinib, mamlakatimizdagi 16 ta suv ombori, 45 ta kanalning boshlanish qismiga o‘rnatiladi.

«Smart Water» tizimining zamonaviy qurilmalari ob’yektdagi suv sarfi, ob-havo, yog‘ingarchilik va boshqa ma’lumotlarni onlayn rejimda foto va videomateriallarni vazirlikda tashkil etilgan yagona monitoring va kuzatuv markaziga uzatib turadi.

Ushbu ma’lumotlar tezkor qayta ishlanib, kerakli foydalanuvchilarga internet yoki lokal aloqa orqali uzatilishi mumkin. Kelgusida «Smart Water» tizimini respublikaning barcha sug‘orish tarmoqlariga keng tatbiq etish rejalashtirilgan.

O‘QING: Kommunal to‘lovlardagi qarzdorliklar haqida Telegram orqali ma’lumot olamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!