Suv va changdan qo‘rqmaydigan, ko‘p funksiyali Ulefone Armor X smartfonini 120 dollarga oling! (+video)

  •   DiMaX
  •  2756
  •  18.05.2018 11:05

Suv va changdan qo‘rqmaydigan, ko‘p funksiyali Ulefone Armor X smartfonini 120 dollarga oling! (+video)

Xitoylik smartfonsozlarning ayrim modellari turli jihatlariga ko‘ra yetakchi kompaniyalar mahsulotidan qolishmaydi, ba’zida hatto oldinlab ham ketadi. Jumladan, Ulefone kompaniyasi ishlab chiqargan ko‘plab telefonlar haqida shunday deyish mumkin.

O‘QING: Romsiz displey va 8 GB tezkor xotiraga ega ilk smartfon!

Joriy yilning aprel oyida bu kompaniya o‘zining himoyalangan Armor X smartfonini taqdim etgan edi. Android 8.1 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi bu qurilma judayam ko‘p funksiyalarga egaligi bilan ham ajralib turadi. Ular orasida simsiz va tezkor quvvatlash texnologiyalari, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli, yuz skaneri orqali qulfdan chiqarish, IP68 standartiga ko‘ra suv va changdan himoya kabilarni sanab o‘tsak arziydi.

Bu kabi funksiya va texnologiyalarning bitta modelda jamlanishi ko‘p smartfonlarda uchramaydi. Ularni namoyish etish uchun kompaniya maxsus videorolik ham ishlab chiqqan:

Guvohi bo‘lganingizdek, videolavhada Ulefone Armor X smartfonida ilovalarni ishga tushirish tezligi, tizim bo‘ylab navigatsiya, ma’lumot qidirish kabi funksiyalar namoyish etilgan. Devaysning 13 va 5 megapikselli modullarga ega asosiy kamerasini ham ishlatib ko‘rsatishgan.

So‘ng esa smartfonning mustahkamligini namoyish etish uchun uni balandlikdan yerga tashlab hamda suvga tushirib sinashgan. Lavha yakunida esa kompaniya xodimi bu telefonning kundalik turmushda asqotadigan (kompas, transportir, fonarik va boshqa) bir qator foydali funksiyalarini sanab o‘tgan.

O‘QING: Ulefone Armor Mini – quvvati 21 kunga yetuvchi, «o‘ldirib bo‘lmas» arzon telefon

Shuncha ko‘p funksiyalarga va mustahkam himoyaga ega bo‘lsa-da, Ulefone Armor X devaysi 172 AQSh dollariga narxlangan. Ayni damda esa AliExpress do‘konlaridan birida unga chegirma e’lon qilingan bo‘lib, 120 dollardan sotilmoqda.

Ushbu smartfonga shu narxda buyurtma berish, shuningdek, uning xususiyatlari, suratlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali xarid sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Agarda chegirma paytida ulgurmasangiz, uni 172 dollarga olishingiz mumkin – bu narx evaziga bunaqa smartfonni topish qiyin.

Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!