Suvi tugab qolsa ham ishlaydigan dush yaratildi

  •   Saroy
  •  798
  •  18.06.2018 11:41

Suvi tugab qolsa ham ishlaydigan dush yaratildi

Dastavval, bunday dushlar koinot stansiyalarida astronavtlar uchun yaratilgan edi. Biroq toza suv keskin kamayib borayotgan bir sharoitda, bunday dush yerda ham jonga oro kirishi turgan gap.

Merdada Majubining hayoliga u  NASAda amaliyot o‘tayotgan chog‘ida ushbu mu’jiza-dushni yaratish g‘oyasi kelgan edi. U yerda yosh olim astronavtlarning Marsga parvozi chog‘ida zarur bo‘ladigan qurilma ustida ish olib borayotgan edi. Xususan,  Merdada astronavtlar dush qabul qilishda suvni  qanday tejash mumkin, degan masala ustida izlanish olib borardi.

O‘QING: NASA insonni Marsga eltuvchi raketa dizaynini yakunladi

NASA’dan ketgach, ixtirochi  Orbital Systems kompaniyasiga asos soldi va ushbu qurilma ustida izlanishni davom ettirdi. Uning dushi odatdagi dushlarga qaraganda sezilarli darajada kam suv sarf etadi, shu bilan birga, suvning issiqlik darajasini ham, bosimini ham barqaror ushlub turadi. Qurilmada har doim  5 dan 10 litrgacha suv aylanib, maxsus tozalagichdan o‘tib turadi. Yangi ishlanma odatdagi dushlarga qaraganda 90 foiz kam suv ishlatish imkonini beradi.

Qurilmaning narxi hozircha  2500 dollar. Biroq kompaniya rivojlangan sari, ushbu ishlanmasi narxini  700-1000 dollargacha tushirishga umid qilmoqda. Chunki, bu ayniqsa toza suv tanqisligidan aziyat chekayotgan mamlakatlar uchun juda zarur bo‘ladi, deydi  Merdada Majubi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!