Tadqiqot: Grafik kalit smartfonni himoya qilmaydi

Tadqiqot: Grafik kalit smartfonni himoya qilmaydi

Buyuk Britaniyaning Lankaster va Xitoyning Shimoliy-g‘arbiy universiteti tadqiqotchilari  grafik kalit telefonni himoya qilmasligini isbotlashdi, deb xabar bermoqda TechRadar nashri.

Tadqiqotchilarning fikricha, telefonni barmoq izi, parol yoki PIN-kod ancha ishonchli himoya etadi. Grafik kalitni 40% Android-foydalanuvchilar ishlatishiga qaramay, bu usul uncha ham ishonchli emas.

Grafik kalitni buzib kirish uchun  sizning barmoq harakatlaringizni kameraga yozib olinadi, shundan keyin video tahlili uchun tayyor dasturdan foydalaniladi. Ko‘ribsizki, sizning grafik kalitingiz o‘g‘rilar qo‘lida!

Grafik kalit qanchalik qiyin bo‘lsa, dastur shunchalik tez uni aniqlashga qodir. Videoni taxminan 2,5-3 metr oraliqda suratga olish kifoya, deb hisoblaydi tadqiqotchilar. Ular 120 ta unikal grafik kalitdan deyarli 95 foizini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.