Tadqiqot: Smartfonni haddan ziyod ko‘p ishlatganlarda haqiqiy shox o‘sib chiqadi! (+surat)

  •   DiMaX
  •  1776
  •  21.06.2019 15:17

Tadqiqot: Smartfonni haddan ziyod ko‘p ishlatganlarda haqiqiy shox o‘sib chiqadi! (+surat)

Hozirda ko‘pchilik ota-onalarning tashvishi – bolalarning smartfon va boshqa zamonaviy gadjetlarga, videoo‘yinlarga «bog‘lanib» qolayotganidir. Olimlarning aniqlashlaricha, bu xavotirlar o‘rinsiz emas...

O‘QING: Internet-firibgarlar «oshiq» o‘smirlarni «ilintira» boshlashdi

Avstraliyaning Kvinslend shahridagi Sanshayn-Kost universiteti maxsus tadqiqot o‘tkazib ko‘rdi. Unda aniqlanishicha, o‘z smartfonlaridan haddan tashqari ko‘p foydalanuvchi 18–30 yoshlardagi kishilarning bosh chanog‘ida o‘zgarish yuz berar ekan.

Olimlarning aniqlashlaricha, smartfonga tikilib – boshini egib ko‘p o‘tirish (yoki turish, yurish) natijasida organizm shunga o‘rganib qoladi. Natijada bosh suyagining ensa tomonida teskari shoxga o‘xshash o‘simta o‘sa boshlar ekan.

«Bu o‘smalarning shakllanishi uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Tekshirilganlar orasidagi «shox»lilari bolalikdan smartfonga mukkasidan ketganlar bo‘lishi mumkin», deydi tadqiqotchi Devid Saxar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yoshlarni umurtqani to‘g‘ri o‘stirishning ahamiyatidan boxabar etishga jiddiy kirishmasa bo‘lmaydi.

O‘QING: Smartfonga tobelikdan qutulsa bo‘ladi!