Ming Chji Kuo arzon "iPhone-bestseller"ning narxini aytdi

Ming Chji Kuo arzon

KGI Securities resursining taniqli tahlilchisi hisoblangan Ming Chji Kuo Apple yaqin kelajakda reja qilgan barcha chora-tadbirlarni ma’lum qildi. Tahlilchi hamyonbop bo‘lishi kutilayotgan yangi iPhone haqida ikki muhim yangilikni ma’lum qildi.

Ushbu smartfon sentyabrda, ikkita yangi flagman bilan birga taqdim qilinadi. Shu bilan birga, Kuo mazkur "arzon ayfon"ning narxini ham ma’lum qildi. Unga ko‘ra, devays o‘rtacha 600 dan 700 AQSh dollarigacha sotiladi.

Tahlilchining ma’lum qilishicha, ayni paytda iPhone brendining eski modellaridan foydalanib yurganlarning barchasi ana shu gadjetdan foydalanishga o‘tadilar.

Smartfonlar uchun chexol ishlab chiqaradigan Olixar kompaniyasining xabar berishicha, qurilma korpusining o‘lchami 147,12 x 71,52 mm hamda ekran diagonali 6,1 dyuym bo‘ladi. Smartfonga unchalik qimmat bo‘lmagan OLED displey o‘rnatilishi mumkin.

Apple ushbu ayfon modelini bestsellerga aylantirish rejasida yuribdi. Ma’lumki, kompaniya odatda hamyonbop modellarini ko‘proq sotadi. Sotiladigan hamyonbop ayfonlar soni doim flagmanlardan ancha-muncha ko‘p bo‘lgan.