Talabalar uchun maxsus portal yaratildi

Talabalar uchun maxsus portal yaratildi

Barcha oliy ta’lim dargohlarining eng iqtidorli yigit-qizlarini birlashtirgan Talabalar Internet harakati o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar berdi 12news.uz sayti.

Talabalar Internet Harakati – bu butun respublikamizning iqtidorli talaba yeshlarini birlashtiradigan mutlaqo yangi yo‘nalish. Maqsadi milliy yoshlarbop sayt va ijtimoiy tarmoqlar yaratish.

Ularning ilk loyihasi– students.uz portali! Students.uz – bu talabalar haqida, talabalar uchun va talabalar tomonidan yaratilgan sayt! Uni oltin davr gashtini surayotgan, zamon bilan hamnafas yoshlarning o‘zlari yuritishadi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan mavzularni yoritish imkonini beradi.

“Bizning asosiy maqsadimiz – kreativ tarzda ma’lumot yetkazmoq, yoshlarbop tavsiyalar bermoq va ko‘ngilochar ruknlar taqdim etmoq!”, deydi sayt mutasaddilari.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, maxsus treningda yosh jurnalist va dasturchilar hamkorlikda atigi besh kun ichida mazkur tarmoqning barcha jihatlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.