Tanishing: dunyodagi eng kichik, eng himoyalangan smartfon

  •   Saroy
  •  3311
  •  07.06.2018 17:01

Tanishing: dunyodagi eng kichik, eng himoyalangan smartfon

Mittigina Jelly smartfonini eslaysizmi? Unihertz startapi navbatdagi eng   himoyalangan Atom modeli bilan smartfonlar bozorini qayta zabt etmoqchi. Ushbu qurilma jinsi shimingizning kichik cho‘ntagiga ham bemalol joy bo‘ladi va suvdan ham qo‘rqmaydi.

Unihertz Atom 2.45-dyuymli 432x240 piksel formatidagi displeyga ega bo‘lib,  Corning Gorilla Glass shishasi bilan mahkamlangan. Apparatning yuragini 2 GGs chastotali sakkizyadroli protsessor tashkil etadi. Tezkor xotirasi naq 4 GB, ichki xotirasi esa — 64 GB. Asosiy kamera 16-megapikselli, old moduli 8 megapiksel.

O‘QING: Xiaomi «suvdan qo‘rqmas» uchta smartfon tayyorlamoqda

Mitti smartfonda zamonaviy gadjetga  kerak bo‘lgan barcha xususiyatlar mavjud.   Ekran ostida barmoq izlarini skanerlaydigan tugmacha bor, shuningdek ikkidiapazonli Wi-Fi va to‘lovlarni amalga oshiradigan NFC ishlabturibdi. USB porti Type-C. Qurilma 2 SIM-karta bilan ta’minlangan va 4G LTE tarmog‘ida ishlaydi.  Operatsiya tizimi  Android 8.1 Oreo. Qurulmaning batareyasi 2000 mAch ga teng bo‘lib, to‘liq kun ishlab beradi.

Zarbaga chidamli korpus chang va namdan IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. Hatto,  kerakli ilovalarni ishga tushirish va boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun dasturlangan tugma ham bor. Alohida, kamarga, qo‘lga yoki velosipedga ham mahkamlasa bo‘ladi.

O‘QING: Noodatiy dizaynga ega 10 ta mobil telefon

Smartfonning standart narxi 300 dollar. 2018 yil oktyabr oylari do‘konlarga chiqariladi. SShA, Yaponiyu va Yevropa Ittifoqi bozorlariga bepul yetkaziladi, qolgan mintaqalarga esa qo‘shimcha yana 20 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Atom oddiy samrtfonlarning o‘rnini bosa olmaydi albatta. Jajji qurilma ko‘proq, tabiat qo‘yniga chiqqanda yoki faol hordiq chiqarishda ikkinchi apparat rolini bajarishi mumkin. To‘g‘ri, uning narxiga ikkita himoyalangan Xitoy apparatini olsa ham bo‘ladi, lekin nima bo‘lganda ham, bozorda  Xitoy “g‘ishtlariga”  muqobil apparat paydo bo‘ladi.

Darvoqe, Unihertz hali ham Jelly Pro bilan savdo qilmoqda, AQShda uning narxi 125 dollar turadi.

O‘QING: Smartfonlarni solishtiramiz: Samsung’ning arzon modeli uning qaysi flagmaniga teng?