Tanishing: yilning eng zo‘r 5 ta samartfoni

  •   Saroy
  •  5502
  •  27.08.2018 12:22

Tanishing: yilning eng zo‘r 5 ta samartfoni

Mashhur Business Insider nashri bu yil sotuvga chiqarilgan eng zo‘r smartfonlar reytingini e’lon qildi. Mutaxassislarning fikricha, sifat nuqtai-nazardan olib qaraganda, eng qimmat flagmanlar bilan arzon smartfonlar o‘rtasidagi tafovut tobara qisqarib bormoqda.  Qiziqarli tomoni shundaki,  mazkur reytingga birorta ham  iPhone kirmadi, chunki Apple’ning eng yangi smartfoni o‘tgan yili taqdim etilgan edi. Xullas, bu yilgi liderlar ro‘yxati bilan tanishing:

OnePlus 6

Reytingni OnePlus 6 boshqarmoqda. Mutaxassislarning yozishicha, u narx-sifat nisbati bo‘yicha yilning eng zo‘r smartfoni hisoblanadi. Narxi 530 dollar.

O‘QING:Mish-mishlar: OnePlus 6T kuzda sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum

OnePlus 6 64GB

Ekran: 6.28" 2280x1080 Optic AMOLED • Ichki xotirasi 64 GB • Asosiy kamerasining formati 16 Mpiks.

OnePlus 6 da simsiz zaryadka yoki OLED-ekran bo‘lishi mumkin, lekin baribir uning kamerasi juda zo‘r surat oladi. Xotirasi 6 GB OZU bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 845 chipi qurilmaga tez ishlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, mutaxassislar OnePlus 6 smartfonining tezkor quvvatlanishini ham alohida ta’kidlashdi.

Samsung Galaxy Note9

Ikkinchi o‘rinni yangi  Samsung Galaxy Note9 egalladi. U qoyilmaqom  6,4-dyuymli OLED-displeyi, katta batareya, a’lo daraja ishlaydigan  kamera, katta sig‘imdagi ichki xotira (128 GB) bilan ta’minlangan.

O‘QING:Shoshiling! O‘zbekistonda Samsung Note 9 smartfonlari qimmatbaho sovg‘alari bilan sotilmoqda! Aksiya ertaga yakuniga yetadi

Samsung Galaxy Note9 128GB

Qurilmaning protsessori Samsung Exynos 9810 • tezkor xotirasi 6 GB

Shuningdek, uning simsiz quvvatlantirgichi, suvdan himoyasi, quloqchin uchun uyachasi bor. Albatta, bunday funksiyalar uchun yaxshigina pul to‘lashga to‘g‘ri keladi. Hozirda  Galaxy Note9 Rossiya bozoriga 69 990 rubl narx bilan chiqarilgan, buyog‘ini dollarga chaqavering. Darvoqe qurilma so‘nggi paytlarda arzonlasha boshlagan.

Samsung Galaxy S9

Samsung’ning 2018 yilda chiqqan flagmani  Galaxy S9’da hammasi bor: Katta OLED-displey, a’lo kamera, yurak urishini o‘lchaydigan monitor, tezkor va simsiz zaryadka, hatto quloqchin uchun uyacha. Yana shu narsa ham alohida ta’kidlanyaptiki,  Galaxy S9  bozordagi smartfonlarning ichida eng chiroylisi ekan.

O‘QING:Samsung ilk marta iPhone'dan tezkor bo‘ladi

Samsung Galaxy S9 64GB

Protsessori: Samsung Exynos 9810 • Tezkor xotira: 4 GB

LG G7 ThinQ

Ro‘yxatning to‘rtinchi qatorida LG G7 ThinQ turibdi. Ekspertlar uni  «iPhone X’ ning Android-versiyasi, faqat bir necha yuz dollarga arzoni», deb ham atashdi. Shuningdek, yana bir qurilma – Moto G6. U reytingdagi eng arzon smartfon bo‘ldi. Umuman olganda ekspertlar sentyabrni kutishni maslahat bermoqda. Chunki bu vaqtga kelib Apple’ning pishirgan oshi ham suziladi. O‘shanda ko‘z o‘ngimizda haqiqiy manzara namoyon bo‘lishi aniq. Hozircha bir narsa ma’lum, ya’ni bizni bir yo‘la uchta yangi iPhone kutmoqda.