Tannarxiga sotilayotgan kuchli “yettovlon” smartfonlar

Tannarxiga sotilayotgan kuchli “yettovlon” smartfonlar

Ortiqcha pul sarf qilishni hech kim xohlamaydi. Ayniqsa, ba’zi bir ilg‘or gadjetlarga bugun ming dollarlab pul to‘layotganlarni ko‘rib ko‘pchilik hayratini yashira olmaydi. Bosh vazifasi aloqa qilish bo‘lgan gadjet uchun shuncha mablag‘ sarflash qanchalar to‘g‘ri? Shu bilan birga, jahonning aksariyat smartfon ishlab chiqaruvchilari nom qozonish uchun yaxshi devayslarini o‘z tannarxida sotishdan ham qo‘rqishmayapti. Quyida shular to‘g‘risida.

Xiaomi Mi5

Xiaomi kompaniyasi 2016 yilda smartfon savdosidan foyda ko‘rmayotgani, mobil aloqa telefonlarini o‘z tannarxida sotayotganini rasman e’lon qildi. Kompaniya keyinchalik o‘zining muxlislari uchun dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaradi va bu unga juda katta foyda keltiradi. Mi5 flagmani — o‘z narxida sotilgan jahondagi ilk ilg‘or gadjet.

5,15-dyuymli Xiaomi Mi5’da 2016 yilning kuchli protsessorlaridan biri bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 820 o‘rnatilgani uning grafikaga boy eng qiyin o‘yinlarni o‘ynash chog‘ida ham “uchib” ishlashiga zamin yaratdi. Ushbu chip uzoq yillar davomida yangi ilova hamda tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonda sifatli ishlaydigan va optik barqarorlashtirish tizimiga ega 16 megapikselli kamera o‘rnatilgan. Bu kamera 4K video yozib olishi bilan taassurotli. Smartfonning batareyasi 3000 mA soat tok sig‘imiga ega. Telefon platformasida 3 GB tezkor hamda 32 GB doimiy xotira mavjud. IPS Full HD ekran har qanday nozik foydalanuvchining ko‘nglidan joy oladi.

Smartfonning texnik jihatlar hamda narx-navosi bilan batafsil tanishing.

Meizu MX6

Meizu “ijodi”ga mansub yupqa va chiroyli Meizu MX6 metall “niqob”, yirik akkumulyator sig‘imi va tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan diqqatni tortadi. So‘nggi vaqtlarda bozordagi raqobatda g‘alaba qozonish uchun kompaniya MX6 narx-navosiga ham sezilarli o‘zgartirish kiritishga qaror qilgan.

Meizu MX6 diagonali 5,5 dyuym bo‘lgan, IPS-TDDI texnologiyasida ishlab chiqarilgan yorqin displeyi bilan maqtana oladi. Smartfon platformasidagi samaradorlik  10 yadroli yetakchi Mediatek Helio X20 protsessori zimmasiga yuklatilgan. Ma’lumotlarni tezkor yuklash va qayta ishlash uchun sig‘imi 3 gigabayt bo‘lgan operativ hamda 32 GB sig‘imidagi doimiy xotira o‘rnatilgan. “Aqlli smartfon”dagi 12 megapikselli kamera uchun Sony IMX386 sensori tanlangan va u qiyin vaziyatlarda ham sifatli suratga olishi bilan diqqatga sazovor.

Smartfonning texnik jihatlar hamda narx-navosi bilan batafsil tanishing.

Honor 6X

Maksimal texnik jihatlarga ega hamyonbop smartfon tutish istagida bo‘lganlar uchun ayni muddao bo‘lgan yana bir devays sizga muntazir. Honor 6X — qo‘sh modulli bosh kameraga egaligi bilan ahamiyatli. Bu kamera yordamida orqa fonni xiralashtirib suratga olish mumkin.

Uning ichki platformasida firmaga tegishli Kirin 655 protsessori faoliyat ko‘rsatadi. Bu “elektron yurak” 2,1 GGs chastota tezligida ishlaydi. Smartfonning tezkor xotirasi 3 GB hamda doimiy xotira sig‘imi 32 GB. Smartfon elektr toki sig‘imi 3400 mA soat bo‘lgan “quvvat toshi”dan energiya oladi. To‘liq quvvat unga 1,5-2 kun faol ishlash uchun yetadi. Honor 6X korpusi metalldan tayyorlangan. Smartfonda NFC va barmoq izlari skaneri mavjud.

 

Wileyfox Swift 2 X

Bizga unchalik tanish bo‘lmagan Wileyfox Swift smartfonlari turkumining barcha modellari hamyonbop va qiziqarli jihatlarga ega. Wileyfox Swift 2 X modelining 5,2 dyuymli IPS displeyi 2.5D effektiga ega silliq qirrali shisha bilan qoplangan. Odatda kompaniyalar hamyonbop smartfonlarga oddiyroq ekran qo‘yish orqali mablag‘ni tejashga harakat qilishadi. Biroq, Wileyfox Swift 2 X’ga bag‘rikenglik bilan  sifatli jihatlarga ega Full HD displey o‘rnatilgan.

Telefon apparatining boshqa yaxshi jihatlari qatoriga 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 430 protsessorini, 3 GB «operativka», 32 GB doimiy xotira va sig‘imi 3010 mA soat bo‘lgan akkumulyatorni qo‘shish mumkin. Smartfon metall korpusga ega. Uning akkumulyatorini Quick Charge 3.0 texnologiyasi yordamida tezkor to‘ldirish mumkin. Gadjetda NFC funksiyasi va barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan.

Oneplus 3T

Har gal yangi smartfon taqdim etayotganida telefon apparatlarini “flagmanlar kushandasi” deb e’lon qilishni yaxshi ko‘radigan Oneplus kompaniyasi chindan ham arzon va imkon qadar yuqori jihatlarga ega mobil aloqa telefonlarini tayyorlashi bilan tan olingan.

Oneplus 3T juda kuchli jihatlarga ega — smartfon platforma samaradorligini o‘lchaydigan testlarda yetakchi o‘rinlarni egallagan. Gadjet bu peshqadamlikka o‘zidagi Qualcomm Snapdragon 821 protsessori hamda 6 gigabaytli tezkor xotirasi bilan erishgan.

5,5 dyuymli AMOLED displey, 64 yoki 128 GB doimiy xotira va 3400 mA soat sig‘imiga ega akkumulyator, 16 megapikselli  bosh kamera hamda 16 megapikselli old kamera OnePlus 3T’ning kuchli jihatlari sirasiga kiradi.

Smartfonning texnik jihatlar hamda narx-navosi bilan batafsil tanishing.

LeEco Le2

Xitoyning bu hamyonbop fableti diagonali 5,5 dyuym bo‘lgan ekrani, 3000 mA soat sig‘imli akkumulyatori, 16 megapikselli kamerasi, 3 GB «operativka»si va 32 GB doimiy xotirasi bilan o‘ziga xosdir.

LeEco Le2 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 652 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi.

Mazkur smartfonga xos jihatlar bilan batafsil tanishing.

Motorola Moto X Force

2016 yilda Lenovo kompaniyasining xalqaro smartfon bozoridagi manfaatlarini himoya qilgan Motorola flagmani ayni paytga kelib xalqaro bozorda arzonlashdi. Uning bosh muhim jihati — ShatterShield texnologiyasida tayyorlangan sinmaydigan ekranidir. 5,4 dyuymli AMOLED displeyning piksellar sig‘imi 2560x1440 belgiga teng.

Metall korpus ichida Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, 3 GB operativ xotira va 32 GB doimiy xotira, 3760 mA soat sig‘imli tezkor quvatlash mumkin bo‘lgan akkumulyator mavjud. Shuningdek, Moto X Force suv hamda chang ta’siridan himoyalangan korpusga egaligi bilan ham o‘ziga xosdir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.