Taqdim qilinmagan Galaxy Note 8’ning suratlari tarqab ketdi

Taqdim qilinmagan Galaxy Note 8’ning suratlari tarqab ketdi

2016 yilda 2,5 million dona omadsiz Galaxy Note 7 smartfonini bozordan qayta yig‘ishtirib olgan Samsung kompaniyasi bor kuch-g‘ayratini Note turkumining keyingi vakilini tayyorlashga safarbar qilgan.

Internet nashrlari tomonidan Galaxy Note 8 deb taxmin qilinayotgan gadjet tasviri tushirilgan suratlar tarqatilmoqda. Undagi smartfon yaqinda namoyish qilingan Galaxy S8+ bilan bir xil: romsiz va bukik ekranli dizaynga ega, shuningdek old panel to‘liq displey va bosh tugma mavjud emas. Faqat suratdagi flagman orqa panelining markazida qo‘sh ob’yektivli bosh kamera o‘rnatilgan. Galaxy S8 va S8+ smartfonlari esa bitta 12 megapikselli modulga ega.

Modomiki, suratlarda chindan ham Samsung Galaxy Note 8 devaysi tasvirlangan bo‘lsa, korpusdan S-Pen raqamli qalamchasi uchun ham joy ajratilishi evaziga smartfon akkumulyatorining sig‘imi S8 Plus’ning quvvat sig‘imidan, ya’ni 3500 mA soatdan kamroq bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, Galaxy Note 8 smartfoni 6,4 dyuymli, 4K sig‘imli ekranga ega bo‘ladi. Old kamera hamda ko‘zning rangdor pardasini skanerlash sensorlari ekran ustidan o‘rin oladi. Barmoq izlari skanerining orqa panelda mavjud emasligi hisobga olinsa, kompaniya displeyda virtual skanerlash texnologiyasini tatbiq qilmoqchi. Shuningdek, korpus tomida va quyisida tashqi dinamiklar o‘rnatish orqali apparatda stereo-audio tizimi o‘rnatiladi. Smartfon USB-C portiga ham ega bo‘ladi.

Samsung raqobatda Apple’ni mag‘lub qilish uchun Galaxy Note 8 flagmanini “Olma”ning keyingi devaysi bo‘lmish iPhone 8’dan bir necha hafta avvalroq, aniqrog‘i 2017 yilning avgustida taqdim qilish rejasida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.