Tarixdagi eng qudratli MacBook Pro hamda macOS’dagi uzoq kutilgan yangilik!

  •   DiMaX
  •  1133
  •  04.06.2018 11:57

Tarixdagi eng qudratli MacBook Pro hamda macOS’dagi uzoq kutilgan yangilik!

Kupertinolik gigantning dasturchilar uchun tashkil etayotgan Worldwide Developers Conference 2018 anjumani bugun – 4 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda namoyish etilishi kutilayotgan qurilmalar hamda dasturiy ta’minot mahsulotlari haqida bir qancha norasmiy ma’lumotlar tarqalgani haqida yozganmiz.

O‘QING: iPhone SE 2 taqdimoti ertangi anjumanda kutilmoqda

Insayderlar bergan yap-yangi ma’lumotlarga qaraganda, Apple bu tadbirda o‘zining eng kuchli noutbuki – MacBook Pro 14,3 modelini taqdim etishi mumkin. Mazkur gadjet allaqachon Geekbench servisida samaradorlik testi topshirgan, shunda uning asosiy texnik jihatlari fosh bo‘lgan.

Mana, uning natijalariga ko‘z tashlaymiz:

Guvohi bo‘lib turganingizdek, MacBook Pro 14,3 noutbuki olti yadroli Intel Core i7-8750H protsessori bazasida ishlaydi. Bu esa shu paytgacha chiqarilgan har qanday MacBook Pro modelidagidan kamida ikkita yadroga ko‘p, deganidir. Yangi devays turbo-rejimda 4,1 GGs chastotasida ishlaydi. Eng baquvvat Apple noutbukining tezkor xotirasi hajmi 32 gigabaytni tashkil etadi. Ushbu tezkor xotira hamda protsessor tufayli, MacBook Pro 14,3 noutbuki benchmarkdagi yakka yadroli sinovda 4902, ko‘p yadroli testda esa 22316 ochko ola bilgan.

O‘QING: 2018 yilning eng yaxshi noutbuklari (15 may)

Shuningdek, WWDC 2018 anjumanida Apple o‘zining yangi – MacOS 10.14, iOS 12, tvOS 12 hamda watchOS 5 talqinlaridagi operatsion tizimlarini ham taqdim etishi kutilmoqda. Insayderlar macOS 10.14 tizimidagi uzoq kutilgan yangilik – to‘qrang rejim aks etgan skrinshotlarni ham internetga chiqarib yuborishdi.

Xullasi kalom, WWDC 2018 boshlanishiga sanoqli soatlar qolganda chiqarilgan insayderlik xabarlari hozircha shulardan iborat. Voqealar rivojini biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: iPhone SE 2 reklamasi YouTube’ga chiqdi – uning taqdimoti yaqinmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!