TATU talabalari Madridga yo‘llanmani ko‘lga kiritishdi!

TATU talabalari Madridga yo‘llanmani ko‘lga kiritishdi!

7 dekabr kuni Toshkentdagi INHA universitetida “Open Data Challenge-2018” (Xakaton) tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xakatonda TATU talabalari ham ishtirok etishgan va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan. Xususan: «Eng yaxshi ochiq ma’lumotlar generatsiya (trasformatsiya) loyiha» yo‘nalishida “Signum” loyihasi bilan 1-o‘rinni hamda “Hakaton Gran-Pri”sini (Madridga yo‘llanma) va “Eng yaxshi biznes loyiha”  yo‘nalishida esa “BizPlace” loyihasi bilan 2-o‘rinni  qo‘lga kiritishgan. Bu haqda TATU matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz: 1-2 dekabr kunlari Toshkent shahridagi INHA universitetida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish bo‘yicha har yilgi “Open Data Challenge-2018” (Xakaton) tanlovi tashkil etilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida aytish jizki, Open Data Challenge – bu dasturchilar jamoalari tezkorlik bilan ochiq ma’lumotlar asosida muayyan mahsulotlar ishlanmalarini yaratish bo‘yicha musobaqalashadigan tanlovdir. Open Data Challenge tanlovining farqli jihati shundaki, jamoalar qat’iy chegaralargan muddatlarda ish olib borishlari zarur: ikki kun davomida abstakt (mavhum) g‘oyalar, yangi veb va mobil servislarning prototiplari va alfa-talqinlariga aylanadilar. Izchil ravishda uch kun davomida olib borilgan ishlar natijasida “Open Data Challenge-2018” tanlovi ishtirokchilari hayotning turli sohalari: moliya, transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqalar uchun yangi ijtimoiy jihatdan manfaatli loyihalar tayyorlaydilar. Shu tariqa tadbirning moddiy natijalari o‘laroq, mobil va veb-ilovalar, turli qurilmalar paydo bo‘ladi.

Loyiha ishlanmalaridan tashqari, “Open Data Challenge-2018”  tanlovi doirasida dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mahorat maktablari va treninglar tashkil etiladi.

O‘QING: TATU da 1,6 mln dollarlik media-markaz ishga tushiriladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!