Tayvan 3G'dan voz kechadi. To‘liq 4G standartidan foydalanishni boshlaydi!

Tayvan 3G'dan voz kechadi. To‘liq 4G standartidan foydalanishni boshlaydi!

Tayvan 2019 yilning 1 yanvaridan 3G standartida aloqa xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatadi. Bu haqda "Actualnews" nashri ma’lum qildi. 

Tayvanda 2G standartida xizmat ko‘rsatish bilan xayrlashilganiga bir yarim yildan oshdi. Operatorlar esa fursatni boy bermay fuqarolarni 4G standartidan foydalanishga chorlashni boshlashdi. 2G yo‘q bo‘lganidan so‘ng 3G xizmatidan foydalanuvchilar soni keskin qisqarib ketdi, hozir 230 mingtacha kishi «uchinchi avlod»dan foydalanyapti. Ekspertlar 10-15 kun ichida shuncha abonentning yarmi ham qolmasligiga kafolat berishyapti.

Tayvanda 4G da tezlik juda yuqori: ko‘chma abonentlar uchun — 100 Mbit/soniya, stansionar abonentlar uchun — 1 Gbit/soniyani tashkil etadi.

O‘QING: O‘zbekistonda 4G dan foydalanish darajasi qanday?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!