TechReh – tibbiyotda yangi innovatsion texnologiyalar

TechReh – tibbiyotda yangi innovatsion texnologiyalar

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tibbiyot sohasida keng qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining ilg‘or yutuqlarini tibbiyot sohasida, jumladan, reabilitatsiyada qo‘llash bo‘yicha xalqaro ish tajribalarni o‘rganish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida “TechReh – tibbiyotda innovatsion texnologiyalar” nomli loyihaga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

 

Mazkur konferensiyada Italiyaning Sannio hamda Fransiyaning Sarbonna kabi dunyo miqyosidagi nufuzli universitetlar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Konferensiyada ishtirok etgan xorijlik professor-o‘qituvchilar ushbu oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi TechReh xalqaro loyihasining “Tibbiyotda texnik reabilitatsiya” ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘QING: Imkoniyati cheklanganlar uchun onlayn tarjimon amaliyotga tadbiq etilmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!